BOLTAYUTAR

BOLTAYUTAR (Gypaetus barbatus) — yirtqich qushlar turkumining qarchigʻaysimonlar oilasiga mansub qush. Oʻzbekistonda uchraydigan yirtqich qushlarning eng yirigi. Uz. 1,1 m gacha, qanoti yoyilganda 2,7 m ga boradi. Boshi va tanasining qorin tomoni oqish yoki sargʻish, orqa tomoni qoramtir. Tumshugi ostida qattiq qilsimon patlardan hosil boʻlgan bir tutam kokili bor. B. Markaziy Osiyo, Arabiston, Jan. Yevropa va Afrikaning shim. sharqida tarqalgan, Oʻzbekistonda togʻlarning qoyali joylarida yashaydi. Nurota togʻlaridek past togʻlarda ham, Pomir va Tyanshan kabi baland toglarda ham uchraydi. Uyasini qoyalar orasiga quradi. Dek. — yanv. da 1—2 ta tuxum qoʻyadi. Tuxumini erkagi bilan urgʻochisi galmagal bosadi, lekin urgʻochisi koʻproq oʻtiradi. 55—60 kunda bola ochadi, bolasi 4 oyda uchirma boʻladi. Boltayutar odamga va yirik sut emizuvchilarga hujum qilmaydi. Oʻlimtiklar va suyaklar bilan oziqlanadi. Qanoti katta va keng boʻlib, oʻlimtiklar axtarib uzoqqa uchishga moslashgan. Baʼzan kaklik, quyon, sugʻurlarga hujum qiladi. Kopetdogʻ etagida toshbaqalar b-n oziqlanishi aniklangan. Boltayutar toshbaqa kosasini kuchli tumshugʻi bilan sindira oladi. Suyaklarni ham hazm qiladi. Tirnoqlari toʻmtoq, barmoklari kaltaligidan tirik hayvonlarni tutib oʻldira olmaydi, lekin oʻljasini panjalari bilan changallab ucha oladi. Boltayutar koʻpchilik mamlakatlar Qizil kitobiga kiritilgan.

BOLTIPIQ [Cardaria repens L. (Schrenk) larm. ] — krestguldoshlarga mansub koʻp yillik begona oʻt. Poyasi tik usadi, sershox, boʻyi 15—20 sm. Barglari ketmaket joylashgan, gullari oq, qalqonsimon toʻpgulga yigʻilgan. Mevasi toʻrt urugʻli qoʻzoq. Apr. — iyunda gullaydi va mevalaydi. Urugʻidan hamda ildiz bachkilaridan koʻpayadi. Bir tup oʻsimlik 3—5 mingtagacha urugʻ beradi. Urugʻlari asosan suv orqali tarqaladi. 15—20° trada unib chiqadi. Ildizi oʻq ildiz boʻlib, tuproqqa 1,5—2 m gacha chuqur kiradi. Qurgʻoqchilik va shoʻrga chidamli. Oʻrta Osiyoda tarqalgan. Bedapoyalar, paxtazor, sugʻoriladigan va lalmi ekinlar orasida, yoʻl yoqalari, tashlandiq yerlar, ariq boʻylari, bogʻuzumzorlarda uchraydi.

Kurash choralari: angʻizni yumshatish, yerni chuqur shudgor qilish, kultivatsiyalash va b.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x