BOGʻ TUZISH SANʼATI

BOGʻ TUZISH SANʼATI, bogʻdorlik sanʼati — xiyobon, bogʻ, park, chorbogʻ va b. koʻkalamzorlashtirilgan joylar yaratish sanʼati. Meʼmoriy rejasi, tarkibidagi koʻshklari, hovuzlari, xilmaxil daraxtlari, chamanlari bilan meʼmorlikda alohida oʻrin tutadi. Doim oʻz tusini oʻzgartirib turuvchi yirik dovdaraxtlarning tabiat hamda badiiy ijod bilan uygʻunlashuvi Bogʻ tuzish sanʼatining oʻziga xos xususiyatidir. Bogʻ tuzish sanʼatida mahalliy iklim, boʻrtma tasvir, … Читать далее

BOYARLAR

BOYARLAR (turkiycha bajar — amaldor, boy er, janob) — 1) 9—17-a. larda Rus davlatida mulkdorlarning oliy tabaqasi. Kiyev davlatida — urugʻqabila zodagonlari avlodi, katta drujinachilar — vassallar va knyaz dumasi aʼzolari, yirik yer egalari. Ularning oʻz vassallari boʻlib, shaxsiy daxlsizlik (immunitet) imtiyoziga hamda boshqa knyazlar huzuriga ketish huquqiga ega boʻlganlar. Hududiy tarqoqlik davrida — eng … Читать далее

VLADIMIROV Georgiy Petrovich

VLADIMIROV Georgiy Petrovich (1914.7.4, Samara viloyati Novospassk tumani) — adabiyotshunos. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1960), filol. fanlari d-ri (1954), prof. (1954). Toshkent davlat pedagogika in-tini tugatgan (1939). ToshDU rus adabiyoti kafedrasida oʻqituvchi (1945—54), kafedra mudiri (1954—87), filol. f-ti dekani (1945—51; 1953—59), Oʻzbekistan Yozuvchilar uyushmasi kotibi (1963—65). «Zvezda Vostoka» jur. bosh muharriri (1968—81). Hamza nomidagi … Читать далее

VIZEL Georgiy Aleksandrovich

VIZEL Georgiy Aleksandrovich (1912.29.8, hoz. Qozogʻistonning Balxash sh.) — teatr rassomi, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1964). Moskva badiiy in-tini tugatgan (1934). 1935-y. dan Toshkentda rus opera va balet teatrida ishlagan. Toshkent teatr va rassomlik sanʼati in-tida dare bergan (1965—80). Muqimiy teatrida (1948— 85), Yosh tomoshabinlar teatrida (1985— 91) bosh rassom. V. «Yevgeniy Onegin», «Alpomish», … Читать далее

BLOKKONTAKT

BLOKKONTAKT — avtomatik boshqarish tizimi (sistemasi) elektr apparatlari, relelari va kontaktlarida qoʻllaniladigan va kichik qiymatli boshqarish toklariga moʻljallangan elektr kontakt. B. k. zanjirining toksiz normal holatida ochiq yoki berk koʻrinishlarda tayyorlanadi, belgilangan vazifalarga binoan ularning soni turlicha boʻlishi mumkin. Maye, asinxron dvigatelni oʻng va chap tomonlarga aylantirib ishga tushiradigan ikkita kontaktning har birida bir juft … Читать далее

BIT

BIT, bitlar (Anoplura, Siphunculata) — qon soʻruvchi hasharotlar turkumi. TashQI koʻrinishi parxoʻrlarga oʻxshab ketadi. Tanasi yassi, uz. 1—6 mm, qanotsiz. Baʼzi Bitning bir juft oddiy koʻzi bor, koʻpchiligida koʻz rivojlanmagan. Moʻylovlari kalta, maxsus egatchaga kirib turadi. Ogʻiz apparata sanchib soʻruvchi. Ogʻiz teshigi agʻdarilib tashqariga chiqadigan nay bilan oʻralgan. Nay devorida qator joylashgan ilmoqlar yordamida Bit … Читать далее

VARD

VARD (sugʻdiycha — buta, shox-shabba) — dare oʻzanlari va ulardan boshlangan yi-rik tarmoqlar oqimini toʻsib, kanallarga suv chiqarishda foydalaniladigan shox-shabba oʻrami. Vard atamasi Xorazmda «navard», Zarafshon vodiysida «navola», Fargʻona vodiysida «oʻluk», Chirchiq hamda Sirdaryo vohalarida esa «qorabura» shakllarida talaffuz etiladi. Bu atamalar «shox-shabba oʻrami» maʼnosini anglatib, ulardan suv xoʻjaligida qadimdan keng foydalanib kelingan. Vardlar, orasi … Читать далее

VALDXAYM

VALDXAYM Kurt (1918.21.12, Sankt-Andre, Kuyi Avstriya) — Avstriya davlat arbobi. Huquqshunoslik d-ri. Avstriya Tashqi ishlar vaziri (1968—70). 1956—60 y. lar Kanadada elchi. Avstriyaning BMT huzuridagi doimiy kuzatuvchisi (1955-56), vakili (1970-71). BMTning Bosh kotibi (1972—81). Avstriya federal prezidenti (1986—92). Пост Навигацияси

VAYJANTEMALA

VAYJANTEMALA (1931. 25.6, Maysur sh.) — hind raqqosasi va kino aktrisasi. Sanʼatkorlikni onasidan oʻrgangan. Vayjantemala juda yoshligidan eʼtiborli kishilar davrasida (hindlarning anʼanalariga koʻra) raqsga tushishdek katta imtiyozga ega boʻldi va koʻp oʻtmay hind raqs sanʼatining mashhur ijrochisiga aylandi. Vayjantemala raqs sanʼatining yuqori choʻqqisi boʻlgan mumtoz uslubdagi «Bxarat Natyam» raqslarining ham mohir ijrochisi. Kinoda 16 yoshidan … Читать далее

VOHIDOV Vosit Vohidovich

VOHIDOV Vosit Vohidovich (1917.13.12, Turkiston t. – 1994. 1.6, Toshkent) — jarroh, Oʻzbekistan FA akad. (1979), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1967). ToshMIni tugatgan (1939). ToshMI umumiy jarrohlik kafedrasi mudiri (1963-75). 1975-y. dan Toshkent jarrohlik ilmiy markazi direktori, ToshMI gospital xirurgiya kafedrasi mudiri. Asosiy ilmiy ishlari koʻkrak va qorin boʻshligʻi aʼzolari, yurak-tomir kasalliklari diagnostikasi va … Читать далее