VOHIDOV Vosit Vohidovich

VOHIDOV Vosit Vohidovich (1917.13.12, Turkiston t. – 1994. 1.6, Toshkent) — jarroh, Oʻzbekistan FA akad. (1979), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1967). ToshMIni tugatgan (1939). ToshMI umumiy jarrohlik kafedrasi mudiri (1963-75). 1975-y. dan Toshkent jarrohlik ilmiy markazi direktori, ToshMI gospital xirurgiya kafedrasi mudiri. Asosiy ilmiy ishlari koʻkrak va qorin boʻshligʻi aʼzolari, yurak-tomir kasalliklari diagnostikasi va ularni jarrohlik yoʻli bilan davolashni takomillashtirishga bagʻishlangan. V. Oʻzbekistonda birinchi boʻlib yurak, oʻpka, qon tomirlar va qiziloʻngachda operatsiyalar oʻtkazgan. Jahon jarrohlar assotsiatsiyasining haqiqiy aʼzosi (1971-y. dan), «Oʻzbekiston tibbiyot jurnali» bosh muharriri (1979—92). Toshkent jarrohlik ilmiy markazi, Toshkent sh. koʻchalaridan biri Vohidov nomi bilan ataladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x