GAVDA TEMPERATURASI

GAVDA TEMPERATURASI — odam va issiq qonli hayvonlar haroratining koʻrsatkichi; organizmda issiqlik uzluksiz hosil boʻlishi va atrofga chiqarib turilishi tufayli Gavda temperaturasi doim bir xidda saqlanadi. Organizmning ichki muhit va teri t-rasi farq qilinadi. Ichki aʼzolar t-rasi unda kechadigan biokimyoviy jarayonlar jadalligiga qarab oʻzgarib turadi. Jigar harorati yuqori (39° gacha), teri t-rasi ichki aʼzolar t-rasiga … Читать далее

GIYOHVANDLIK

GIYOHVANDLIK, narkomaniya, bangilik — narkotik moddalarga oʻrganib qolish, ruju qilish, aniqrogʻi tabiiy yoki sintetik zaharli moddalar (ayrim dori moddalari)ni vaqtincha yoki surunkasiga isteʼmol qilish natijasida kelib chiqadigan kasallik holati. Giyohvandlik organizm somatik va ruhiy holatining chuqur oʻzgarishiga sabab boʻladi va giyohvandni tanazzulga olib boradi. Giyohvandlikda oʻzini toʻxtatib boʻlmaydigan darajada giyohvand moddalarni isteʼmol qilish mayli paydo … Читать далее

BLEFAROSPAZM

BLEFAROSPAZM (yun. blepharon — qovoq va spasmos — spazm) — koʻz aylana muskullarining spastik qisqarishi. Blefarospazm koʻz muguz pardasining oʻtkir yalligʻlanish kasalliklarida, koʻz soqqasi shikastlanganda, ogʻiz va burun boʻshligʻi kasalliklarida, allergiya, meningit, isteriya va travmatik nevrozlarda roʻy beradi. Blefarospazm uch shoxli nerv uchlarining qoʻzgʻalishidan kelib chiqadi. Bemor koʻzini ayniqsa yorugʻda ocha olmaydi. Blefarospazm uzoq choʻzilganda … Читать далее

BIRLAMCHI TRAXEYALILAR

BIRLAMCHI TRAXEYALILAR (Rgotracheata) — onixoforalar (onychophora) tipining, asosan, tropik va moʻtadil mintaqalarda tarqalgan sinfi. Tuzilishi halqali chuvalchanglarga oʻxshash. Qurtsimon tanasi boʻgʻimlarga (13 dan 43 gacha) boʻlingan, boʻgʻimlarining ikki yonida bir juftdan boʻgʻimlarga boʻlinmagan oddiy oyoqlari va oyoqlarining uchida bir juftdan xitinlashgan tirnoqchalari bor. Tana uz. 4—15 sm, yupka xitinli kutikula bilan qoplangan. Boshida bir juft … Читать далее

BALANUS

BALANUS, dengiz yongʻoqlari (Balanamorpha) — oʻtroq yashovchi moʻylovoyoqli qisqichbaqasimonlar urugʻi. Tanasi kesilgan konusga oʻxshaydi, bir necha boʻlak plastinkasimon ohakli chigʻanoq ichiga joylashgan. Chigʻanogʻining uz. 20 sm gacha. Uning ostki qismi dengiz tubidagi toshlar, mollyuskalar chigʻanogʻi va har xil hayvonlar tanasiga, jumladan kitlar terisiga yopishib, koʻpincha kemalarning korpusiga koʻplab yopishib olib, harakatini sekinlashtiradi. Chigʻanoqning harakatchan ustki … Читать далее

YELPIGʻICH QANOTLILAR

YELPIGʻICH QANOTLILAR (Strepsi ptera, yaʼni Rhipiptera) — parazit hasharotlar turkumi. 300 turi maʼlum. Pardaqanotlilar, saratonlar, toʻgʻriqanotlilar, beshiktervatarlar, qandalalar, ikki qanotlilar va qildumli hasharotlarda parazitlik qiladi. Juda mayda hasharotlar (uz. 1,5—4 mm). Jinsiy dimorfizm yaqqrl koʻzga tashlanadi. Erkaklarining tanasi bosh, koʻkrak va qoringa boʻlinadi; ogʻiz organlari kuchli reduksiyalangan, oziqlanmaydi; oldingi qanoti oʻsimta shaklida; keyingi qanoti keng … Читать далее

GʻOʻZA ILDIZ BITI

GʻOʻZA ILDIZ BITI (Tprgpas1argpGʻoʻza va b. ekinlar zararkunandasi. Oqish zargʻaldoq tusli, tanasi deyarli dumaloq, ogʻiz apparati sanchib-soʻruvchi, moʻylovlari uch boʻgʻimli. Shira naychalari va dumi yoʻq. Tanasi, oyogʻi va moʻylovlarining usti mayda tukchalar bilan qoplangan. Toshkent, Samarqand viloyatlari, Fargʻona hamda Zarafshon vodiylarida ekinlarga juda katta zarar yetkazadi. Gʻoʻza ildiz biti lichinka hamda voyaga yetgan holida keng … Читать далее

VIRUSLI GEPATIT

VIRUSLI GEPATIT — oʻtkir yuqumli kasallik; jigar hujayralarining zararlanishi, umumiy intoksikatsiya belgilari, teri va shilliq qavatlarning sargʻayishi, peshobning toʻq sariq yoki «pivo»ga oʻxshash, najasning oqimtir tusga (gilvata rangiga) kirishi, jigar, baʼzan taloqning ham kattalashishi bilan ifodalanadi. Virusli gepatit deganda bir-biriga oʻxshash olti xil gepatit tushuniladi, bular A, V, S, D, Ye, G viruslari qoʻzgʻatadigan kasalliklardir. … Читать далее

BOʻSHLIQICHLILAR

BOʻSHLIQICHLILAR, kovakichlilar (Coelenterata) — tuban tuzilgan suvda yashovchi umurtqasiz hayvonlar tipi. Boʻshliqichlilar eng kad. koʻp hujayralilar, vend davridan maʼlum. Koʻpchilik turlari dengizlarda yakka yoki koloniya boʻlib yashaydi. Dengiz B. ning hayot siklida oʻtroq yashovchi polip va erkin suzib yuruvchi meduza davrlari gallanib turadi (metagenez). Ayrim Boʻshliqichlilar (gidralar, korall poliplar) ning meduza davri boʻlmaydi, baʼzi ssifomeduzalar … Читать далее

BIT

BIT, bitlar (Anoplura, Siphunculata) — qon soʻruvchi hasharotlar turkumi. TashQI koʻrinishi parxoʻrlarga oʻxshab ketadi. Tanasi yassi, uz. 1—6 mm, qanotsiz. Baʼzi Bitning bir juft oddiy koʻzi bor, koʻpchiligida koʻz rivojlanmagan. Moʻylovlari kalta, maxsus egatchaga kirib turadi. Ogʻiz apparata sanchib soʻruvchi. Ogʻiz teshigi agʻdarilib tashqariga chiqadigan nay bilan oʻralgan. Nay devorida qator joylashgan ilmoqlar yordamida Bit … Читать далее