GAVDA TEMPERATURASI

GAVDA TEMPERATURASIodam va issiq qonli hayvonlar haroratining koʻrsatkichi; organizmda issiqlik uzluksiz hosil boʻlishi va atrofga chiqarib turilishi tufayli Gavda temperaturasi doim bir xidda saqlanadi. Organizmning ichki muhit va teri t-rasi farq qilinadi. Ichki aʼzolar t-rasi unda kechadigan biokimyoviy jarayonlar jadalligiga qarab oʻzgarib turadi. Jigar harorati yuqori (39° gacha), teri t-rasi ichki aʼzolar t-rasiga nisbatan ancha past boʻladi. Odatda qoʻltiq, baʼzan ogʻiz boʻshligʻi, toʻgʻri ichak t-rasi oʻlchanadi. Odamda Gavda temperaturasi qoʻltiqdan oʻlchanganda aksari 36—36,8° boʻladi (baʼzi kishilarda 36° dan sal past yoki 37°dan sal yuqori boʻlishi mumkin). Gavda sirtidagi harorat ichki aʼzolar t-rasidan ancha past. Gavda temperaturasi toʻgʻri ichakdan oʻlchanganda qoʻltiqdagiga nisbatan 0,5—0,8° ortiq chiqishining sababi ham shu. Gavda temperaturasi kun boʻyi ozgina oʻzgarib turadi, ertalab kamroq, kunduzi soat 12—16 larda yuqoriroq boʻladi. Tashqi muhit sharoitlari no-qulay boʻlganida yoki kishi jismoniy zoʻriqqanda, shuningdek turli kasalliklarda yoki termoregulyatsiya buzilganda (gipertermiya) G. t. oʻzgaradi. Koʻpincha yalligʻlanish va yuqumli kasalliklar haroratning koʻtarilishi bilan kechadi (q. Isitma), kasallikka tashhis qoʻyishda buning ahamiyati katta. Turli zaharlanishlar, tinkani quritadigan kasalliklarda Gavda temperaturasining pasayishi (gipotermiya) kuzatiladi. Gavda temperaturasi tibbiyot termometri b-n oʻlchanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x