KAMPTOZOYLAR

KAMPTOZOYLAR (Kamptozoa) — tuban chuvalchanglar tipi. Ayrim zooologlar Kamptozoylarni mshankalarga kiritadi. Oʻtroq yakka yoki koloniya boʻlib, dengiz va chuchuk suvda yashaydi. Tanasi likopchaga oʻxshash, uz. 1 mm dan 1 sm gacha, ogʻiz teshigi hilpillovchi paypaslagichlar b-n oʻralgan, anal teshigi orqa tomoniga koʻchgan. Poyasi yordamida substratga yopishib oladi, tana boʻshligʻi parenxima bilan toʻlgan. Ichagi taqasimon, ayirish … Читать далее

ILON ZAHARI

ILON ZAHARI — zaharli ilonlarning zahar bezidan chiqadigan sargʻish yoki och yashil, hvdsiz tiniq suyuklik. Quritilgan Ilon zaharining 70—90% i murakkab oqsil moddalar, qolgani anorganik moddalardan iborat. Zahar tarkibida erkin aminokislotalar, yogʻlar, yogʻ kislotalar, har xil tuzlar bor; natriy, kalsiy, kaliy, rux, magniy, fosfor, kremniy, temir, kumush kabi elementlar ham uchraydi. Ilon zaharida 15 ga … Читать далее

GASTROFILYOZ

GASTROFILYOZ — toqtuyokli hayvonlarning hazm organlarida uchraydigan surunkali invazion (yuqumli) kasallik. Kasallikni Castrophilidae oilasiga mansub meʼda boʻkasining lichinkasi qoʻzgʻatadi (q. Boʻkalar). Urgʻochi boʻkalar hayvon bosh qismi juniga koʻplab (600 ta gacha) tuxum qoʻyadi. 4—10 kunda tuxumdan chiqqan lichinkalari hayvonning ogʻiz boʻshligʻi tomon harakatlanadi va lunj, til shilliq qavati orqali ogʻiz boʻshligʻiga tushib, hazm organlariga oʻtadi, … Читать далее

BESHIKTERVATARLAR

BESHIKTERVATARLAR (Mantoptera, Mantodea) — hasharotlar turyaumi. Tanasi yirik va choʻziq. Boshi tanasidan aniqajralib turadi, juda harakatchan. Boshining ikki yonida yirik fasetkali koʻzlari joylashgan. Ogʻiz organlari kemiruvchi tipda. Oldkoʻkrak boʻgʻimi juda uzun. Oldingi oyoqlari yirik va uzun, tutuvchi, ichki tomonida yirik tikanlari bor. Boshqa oyoqlari yuguruvchi. Qanotlari yaxshi rivojlangan, toʻrsimon. Oldingi qanotlari nisbatan ingichka va qalin … Читать далее

VITAMINLAR

VITAMINLAR (lot. vita – hayot) ,darmon dori — tirik organizmning hayot faoliyati va normal moddalar almashinuvi uchun zarur boʻlgan organik birikmalar. Ular turli xil kimyoviy tuzilishga ega. Oziq moddalar tarkibida qandaydir moddalar yetishmasligi natijasida odamlar kasal boʻlishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar qad. Xitoy kitoblarida, keyinchalik Gippokrat asarlarida qayd etilgan. Vitaminlarni ilmiy nuqtayi nazardan oʻrganish 18-a. da boshlagan. … Читать далее

GRENLANDIYA KITI

GRENLANDIYA KITI, qutb kiti (Balaena musticetus) — sut emizuvchilar sinfining tishsiz kitlar kenja turkumiga mansub hayvon. Uz. 21 m gacha, boshi juda katta, ogʻiz boʻshligʻida tanglaydan oʻsib chiqqan 3—4 m keladigan 300—400 tacha shoxsimon plastinkalar — kit «moʻylov»lari bor. Orqa suzgichi boʻlmaydi. Usti va biqinlari kulrang yoki qora, tomogʻi va baʼzan qorni oqish. Mayda umurtqasiz … Читать далее

GIDRALAR

GIDRALAR (Hydrida) — boʻshliqichlilar tipiga mansub umurtqasiz hayvonlar turkumi. Koʻpincha yakka, baʼzan vaqtincha koloniya hosil qilib yashaydi. Skeleti yoʻq. Tanasi xaltaga uxshash, ichi kovak. Uz. 3 sm gacha. Tanasining ostki yassi tovonga Uxshash tomoni bilan suvdagi narsalar (toshlar, usimliklar, mollyuskalar chigʻanogʻi va b.)ga yopishib oladi, tovoni urtasida torgina teshik bor. Tanasining yuqori uchida joylashadi ogʻiz … Читать далее

GASTRIT

GASTRIT (yun. gaster — meʼda, oshqozon) — meʼda shilliq qavatining yalligʻlanishi; koʻpincha meʼdaning sekret (meʼda shirasi ajralishi) va harakat faoliyatining izdan chiqishi bilan birga kechadi. Odamlarda notoʻgʻri ovqatlanish, spirtli ichimliklarga ruju qilish, achchiq va shoʻr narsalarni muntazam isteʼmol qilish, ovqatdan zaharlanish, bilar-bilmas turli dorilar qabul qilish, allergiya, Helicobacter pylori mikrobi va b. sabab boʻladi. Kasallikning … Читать далее

BULOQCHILAR

BULOQCHILAR, tuk qanotlilar (Trichoptera) — hasharotlar turku mi. Oʻrtacha kattalikda, baʼzan yirik (70 mm gacha) boʻlib, tashqi koʻrinishi kapalaklarni eslatadi. Qanotlari mayda tuklar yoki tuksimon tangachalar b-n qoplangan. Qoʻngakida qanotlari qornini ikki yon tomondan yopib turadi. Ogʻiz organlari xilmaxil tuzilgan, ayrim turlarida soʻruvchi xartumcha shaklida boʻlib, shudring yoki nektar soʻrishga moslashgan. Koʻpchilik turlari voyaga yetgan … Читать далее

GAZAKOʻT

GAZAKOʻT (Gentiana L.) — gazakoʻtdoshlar (erbaxodoshlar) oilasiga mansub koʻp yillik oʻsimlik. Oʻzbekistonda 7 turi bor. Oʻzbekistonda keng tarqalgan turi (G. olivieri griseb.) past boʻyli (10 — 30 sm), koʻp yillik oʻt. Barglari tuksiz; gullari koʻkbinafsha, koʻk; poyaning yuqori qismida 1—3—6 tadan boʻlib, soyabonsimon toʻpgullarda joylashgan. Mevasi choʻziq koʻsakcha. Urugʻlari mayda. May—iyunda urugʻlaydi. Adir va togʻlarda … Читать далее