MAKTABDAN TASHQARI TAʼLIM MUASSASALARI

MAKTABDAN TASHQARI TAʼLIM MUASSASALARI — bolalar va oʻsmirlar bilan maktabdan tashqari ish olib boruvchi ijtimoiytashkiliy va instruktiv-metolik muassasalar. Maktab bilan yaqindan boglanib ish yuritadi. Maktabdan tashqari taʼlim muassasalariga bolalar, oʻsmirlar ijoliyoti saroylari, uylari, klublari va markazlari, bolalar-oʻsmirlar sport maktablari, sanʼat maktablari, musiqa maktablari, studiyalar, kutubxonalar, soglomlashtirish muassasalari va b. muassasalar kiradi. Ular yil boʻyi ishlayli. Bolalar va oʻsmirlarning yakka tartiblagi ehtiyojlarini qondirish, ularning boʻsh vaqti va dam olishini tashkil etish uchun davlat organlari. jamoat birlashmalari. shuningdek, bo!iqa yuridik va jismoniy shaxslar madaniy-estetik, ilmiy, texnikaviy, sport va b. yoʻnalishlarla Maktabdan tashqari taʼlim muassasalarini tashkil etishlari mumkin. Maktabdan tashqari taʼlim muassasalarida umumiy oʻrta taʼlim maktablarining barcha sinf oʻk,uvchilari oʻz ixtiyorlari bilan maktab oʻquv dasturidan tashqari qoʻshimcha fanlar, sanʼat turlari, badiiy hunarmandchilik va b. kasb-hunar, sport turlarini oʻrganadilar. Maktabdan tashqari taʼlim muassasalarida oʻquvchilar uchun turli yoʻnalishlar boʻyicha toʻgarak, klub, studiya, ansambl, guruh va sh. k. tashkil qilinadi. Maktabdan tashqari taʼlim muassasalari OʻzR Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan tasdiqlangan meʼyoriy hujjatlarga muvofiq faoli-yat olib borali. Oʻzbekistonda 621 Maktabdan tashqari taʼlim muassasalari faoliyat koʻrsatadi; ularda 200 dan ortiq maktabdan tashqari taʼlim yoʻnalishi boʻyicha 33 mingdan ziyod turli toʻgarak, klub, seksiya, studiya, ansambl va b. ijodiy uyushmalar tashkil etilgan. 2002/2003 oʻquv yili boshida Maktabdan tashqari taʼlim muassasalarida taʼlim oluvchilar 715 ming oʻquvchini tashkil etdi.

Saidqosim Usmonov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x