MUHAMMAD ZAMON

MUHAMMAD ZAMON Mirzo (1496 — 1539) — Husayn Boyqaronshnt nabirasi, Badiuzzamonning 2-oʻgʻli. 1506-y. Damgʻon uchun boʻlgan jangda amakisi Faridun Xusayn mirzo bilan Shapboniyxonga asir tushib qolgan, lekin Shayboniyxon ularni qoʻyib yuborgan. 1506-y. maydan Balx va uning viloyatiga egalik qilish uchun amir Oʻrda Shayx bilan kurashgan. Biroq, Oʻrda Shayx Balxni Boburga topshirish niyatida elchi yuboradi. Muhammad … Читать далее

MUQADDAS JOYLAR

MUQADDAS JOYLAR, qadamjolar — dindorlar muqaddas deb hisoblaydigan va sigʻinadigan joylar. Bular — paygʻambar, shayx, eshon, avliyolar nomi bilan bogʻliq hisoblangan va ziyoratgohga aylanib ketgan shahar, maqbara, chashma, daraxt, tepalik, gor va b. dir. Muqaddas joylar turli dinlarga eʼtiqod qiluvchi hamma xalqlarda, koʻpgina shahar va mamlakatlarda bor. Bunga Imom Buxoriy (Samarqand viloyati), Bahouddin Naqshband (Buxoro … Читать далее

MULLA QIRGʻIZ MADRASASI

MULLA QIRGʻIZ MADRASASI — Namangandagi meʼmoriy yodgorlik (20a.) – Maxalliy usta mulla Qirgʻiz (Mulla Bozor Oxund) nomi bilan bogʻliq. Mulla Bozor Oxund fiqh, qadis, adabiyot va b. ilmlarni yaxshi egallagan yirik olim, 17-a. ning 1-yarmida yashab ijod etgan. Buxorodagi madrasada oʻqib, donishmand olim Mirzo Bahodir Buxoriydan taʼlim olgan, u zotdan ir-shod xatini — pirning yorligʻini … Читать далее

MOʻLTON

MOʻLTON — Pokistondagi shahar. Panjob viloyatida, Chinob daryosi yaqinida. Aholisi 1,2 mln. kishi (1998). Mamlakatning muhim sanoat markazi va transport yoʻllari tuguni. Toʻqimachilik (asosan, ip gazlama) sanoati rivojlangan. Kimyo, oynashisha, oziq-ovqat sanoati korxonalari, issiqlik elektr st-yasi bor. M. ga Sun gaz konidan quvur orqali gaz keltiriladi. Moʻlton — badiiy hunarmandchilik (koshin va keramika, gilam, charm … Читать далее

MERILEND

MERILEND — AQSHning Atlantika okeani sohilidagi shtat. Mayd. 27,1 ming km2. Aholisi 5,4 mln. kishi (2002), shundan shahar aqolisi 81%. Maʼmuriy markazi — Annapolis sh., eng yirik shahri va porti — M. Chesapik qoʻltigʻining har ikki so-hilida. Sharqiy qismida sohilboʻyi pasttekisligi, markazida Pidmont platosi (eng baland joyi 400 m), gʻarbiy qismida Appalachi togʻlari (eng baland … Читать далее

MUHAMMAD RAFI

MUHAMMAD RAFI (1924.4.12, Pan-job shtati — 1981.31.7, Bombay) — hind xonandasi. Nihoyatda jozibali, keng diapazonli ovoz sohibi. Dastlabki musiqa saboqlarini Abdul Vohiddan olgan. 13 yoshidan oʻz xushovozligi bilan tanilib, yirik shahar (Bombay, Dehli va b.) larda konsert bergan. 1940-y. lardan boshlab Bombay radiosi va kinostudiyalarida ishlagan. Qariyb 40 yillik faoliyati davomida koʻpgina hind kinofilmlarida («Bav-ju … Читать далее

MILITSIYA

MILITSIYA (lot. militia — qoʻshin) (OʻzRda) — konstitutsiyaviy tuzumni himoya qilish, jamoat tartibi va xavfsizligini saqlashga daʼvat etilgan, fuqarolar hamda davlat mulkini, qonunchilikni, aholi, korxona va tashkilotlarning qonuniy huquq va man-faatlarini himoya qiluvchi, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarga qarshi kurashuvchi maʼmuriy organ. OʻzR Vazirlar Mahkamasining «Ichki ishlar idoralarida xizmat utash tartibi haqidagi vaqtinchalik nizom» (1993-y. 8 yanv.), … Читать далее

POLSHA

POLSHA (Polska), Polsha Respublikasi (Rzeczpospolita Polska) — Markaziy Yevropadagi davlat. Mayd. 312,7 ming km2. Aholisi 38,6 mln. kishi (2002). Poytaxti — Varshava sh. Maʼmuriy jihatdan 16 voyevoda (wojewodztwo) ra boʻlinadi. Davlat tuzumi. Polsha — respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1997-y. 25-mayda qabul qilingan. Davlat boshligʻi — prezident (1995-y. dan Aleksander Kvasnevski), u P. fuqarolari tomonidan umumiy teng … Читать далее

MOYLISOY

MOYLISOY — Qirgʻiziston Respublikasi Jalolobod viloyatidagi shahar (1956-y. dan), Moylisuv daryosi (Qoradaryoning oʻng irmogʻi) sohilida, Fargʻona tizmasining gʻarbiy tarmoqlari orasida. Tentaksoy t. y. tugunidan 50 km. Aholisi 30 ming kishi (1990-y. lar oʻrtalari). Moylisoyda elektr lampalari va elektr izolyatsiya materiallari z-dlari, goʻsht k-ti, tikuvchilik f-kasi, TES, elektromexanika texnikumi, tibbiyot bilim yurti, umumiy taʼlim maktablari, kutubxonalar … Читать далее

PRAGA

PRAGA — Chexiyaning poytaxti. Mamlakatning siyosiy, iqtisodiy, ilmiy vamadaniy markazi. Vltava daryosining har ikki sohilida. Iqlimi moʻtadil, kontinental; yanv. ning oʻrtacha t-rasi 0°, iyulniki 19,2°. Yillik yogʻin 500 mm. Aholisi 1,2 mln. kishi (2000). Alohida maʼmuriy birlik qilib ajratilgan. Shahar tarixiy manbalarda 928-y. dan tilga olingan. 10-a. dan Chexiya davlatining poytaxti. P. Yevropadagi yiriksavdo shaharlaridan … Читать далее