PRAGA

PRAGA — Chexiyaning poytaxti. Mamlakatning siyosiy, iqtisodiy, ilmiy vamadaniy markazi. Vltava daryosining har ikki sohilida. Iqlimi moʻtadil, kontinental; yanv. ning oʻrtacha t-rasi 0°, iyulniki 19,2°. Yillik yogʻin 500 mm. Aholisi 1,2 mln. kishi (2000). Alohida maʼmuriy birlik qilib ajratilgan. Shahar tarixiy manbalarda 928-y. dan tilga olingan. 10-a. dan Chexiya davlatining poytaxti. P. Yevropadagi yiriksavdo shaharlaridan boʻlgan. Oʻttiz yillik urush (1618—48)dan keyin Praganing mavqei pasaygan. 19-a. oʻrtalaridan yirik sanoat shaxriga aylandi. 1918-y. dan Chexoslovakiya Respublikasi poytaxti. 1939-y. da Pragani nemis fashistlari bosib olgan. 1945-y. 9-mayda ulardan ozod qilindi. 1993-y. gacha Chexoslovakiya poytaxti.

Praga — xalqaro ahamiyatga ega transport yoʻllari tuguni. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Praga mamlakatda ishlab chiqarilayotgan sanoat mahsulotining 1/10 qismini beradi. Mashinasozlikning turli sohalari: avtomobilsozlik, samoletsozlik, motorsozlik, stanoksozlik, elektrotexnika, radioelektronika sanoatlari rivojlangan. Kime, toʻqimachilik, tikuvchilik, poligrafiya, oziq-ovqat sanoati korxonalari ishlab turibdi. Metropoliten qurilgan. FA, Musiqa sanʼati va Tasviriy sanʼat akademiyalari, un-tlar, shu jumladan, Karl un-ti (1348), milliy muzey, milliy galereya, shahar mu-zeyi, 25 dan ortiq teatr va b. bor.

Pragada 10—18-a. larga oid meʼmoriy va tarixiy obidalar saqlangan. Vishegrad qalʼasi, gotika sobori (11 —16-a. lar), Qirol saroyi (12—18-a. lar), Belveder saroyi (16-a.) va kad. maydonlar bor. Yangi turar joy binolari, zamo-naviy mehmonxonalar va b. jamoat binolari qurilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x