MERILEND

MERILEND — AQSHning Atlantika okeani sohilidagi shtat. Mayd. 27,1 ming km2. Aholisi 5,4 mln. kishi (2002), shundan shahar aqolisi 81%. Maʼmuriy markazi — Annapolis sh., eng yirik shahri va porti — M. Chesapik qoʻltigʻining har ikki so-hilida. Sharqiy qismida sohilboʻyi pasttekisligi, markazida Pidmont platosi (eng baland joyi 400 m), gʻarbiy qismida Appalachi togʻlari (eng baland joyi 1024 m) bor. Iklimi moʻtadil yumshoq, sernam iqlim. Yanv. ning oʻrtacha t-rasi 2—3°, iyulniki 25 — 27°. Yillik yogʻin 1000 mm. Togʻ yon bagʻirlari oʻrmonlar b-n qoplangan. Xoʻjaligining yetakchi tarmogʻi — sanoat. Xom ashyoning aksari qismi chetdan keltiriladi. K°Ra metallurgiya sanoati rivojlangan. Mashinasozlik (jumladan, kemasozlik), radioelektronika, aviaraketa, kimyo, neftni qayta ishlash, oziq-ovqat, tikuvchilik sanoati korxonalari bor. Yirik metall konstruksi-yalar ishlab chiqariladi. Q. x. tovar mahsulotining yarmidan ortigʻini chorvachilik beradi. Qoramol, choʻchqa, parranda boqiladi. Shtatning gʻarbiy qismida tamaki yetishtiriladi. Dengizdan baliq ovlanadi. Merilend orqali Atlantika okeani sohilini Vashington shaxri b-n boglovchi muhim yoʻllar oʻtgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x