MOʻLTON

MOʻLTON — Pokistondagi shahar. Panjob viloyatida, Chinob daryosi yaqinida. Aholisi 1,2 mln. kishi (1998). Mamlakatning muhim sanoat markazi va transport yoʻllari tuguni. Toʻqimachilik (asosan, ip gazlama) sanoati rivojlangan. Kimyo, oynashisha, oziq-ovqat sanoati korxonalari, issiqlik elektr st-yasi bor. M. ga Sun gaz konidan quvur orqali gaz keltiriladi.

Moʻlton — badiiy hunarmandchilik (koshin va keramika, gilam, charm buyumlari tayyorlash)ning qad. markazi. Meʼmoriy yoDgorliklardan Shoh Yusuf Gardizi (1150-52), Rukni Aʼlam (1320-24), Shamsi Tabrizi (1780) maqbaralari saqlangan. Shahar mil. av. 4-a. da barpo etilgan. Mil. av. 326-y. da Aleksandr Makedoniyalik bosib olgan. 713-y. da arablar egallagan. 8-a. da mustaqil hokimlik markazi. 10-a. da Qarmatlar davlatining eng katta shahri boʻlgan. 11-a. da Mahmud Gʻaznaviy qoʻl ostiga oʻtgan. 12-a. da Gʻuriylar davlatiga qoʻshilgan, 1228-y. dan Dehli sultonligi tarkibida. 1398-y. dan Amir Temur, 1527-y. da Bobur qoʻshinlari egallagan va 1752-y. gacha Boburiylar saltanati tarkibida boʻlgan. 1818-y. da sekxdar davlatiga qoʻshilgan. 1947-y. dan Pokiston tarkibida.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x