GRELKA

GRELKA (rus. — isitkich) — badanning maʼlum joyini isitish uchun moʻljallangan moslama. Badanning Grelka qoʻyib isitiladigan qismida qon koʻp toʻplanib, ogʻriq yoʻqoladi. Rezina xaltacha shaqlidagi Grelka va elektr toki bilan isiydigan Grelka mavjud. Maxsus Grelka boʻlmasa, ogʻzi tiqin bilan mahkam yopiladigan shisha ishlatish qam mumkin. Ichiga issiq qum yoki qipiq solingan (quruq issiq) xaltadan foydalansa … Читать далее

BOSH OGʻRIGʻI

BOSH OGʻRIGʻI — boshda ogʻriq sezish; turli xastaliklarning eng koʻp uchraydigan belgilaridan biri. Bosh yoki miya pardalari va tomirlaridagi nerv oxirlarining taʼsirlanishi tufayli kelib chiqadi. Qattiq charchash, shamollash, asabiylashish holatlari, burun yondosh boʻshliqlarining kasalliklari, gipertoniya, miyada qon aylanishining buzilishi yoki unda oʻsma paydo boʻlishi, yuqumli kasalliklar, ichki aʼzolar kasalliklari, zaharlanish va b. B. o. ga … Читать далее

GASTRODUODENIT

GASTRODUODENIT — meʼda va oʻn ikki barmoq ichak shilliq qavatining yalligʻlanishi. Gastroduodenit koʻpincha gastrit, meʼda yarasi (q. Yara kasalpigi), pankreatit bilan ogʻrigan, shuningdek meʼdada oʻsadigan mikrob Helicobacter pylori va har xil gijjalari (lyambliya, askarida va b.) bor kishilarda uchraydi. Oʻtkir va surunkali Gastroduodenit farq qilinadi. Oʻtkir G . da bemorning koʻngli ayniydi, qusadi, ichi ketadi, … Читать далее

GIDRONEFROZ

GIDRONEFROZ (gidro… va yun. nephros — buyrak) — buyrak istisqosi. Buyrak jomi va kosachalarining kengaya borishi natijasida buyrak oʻlchamining kattalashaverishi bilan namoyon boʻladi. Asosan buyrak jomining siydik nayiga oʻtish qismida (piyeloureteral segment) mexanik toʻsiq borligi Gidronefrozga sabab boʻladi. Shu sohada tosh turib qolishi yoki oʻsma paydo boʻlishi ham Gidronefrozga olib keladi. Gidronefroz chaqaloqlarda ham, keksalarda … Читать далее

GASTRIT

GASTRIT (yun. gaster — meʼda, oshqozon) — meʼda shilliq qavatining yalligʻlanishi; koʻpincha meʼdaning sekret (meʼda shirasi ajralishi) va harakat faoliyatining izdan chiqishi bilan birga kechadi. Odamlarda notoʻgʻri ovqatlanish, spirtli ichimliklarga ruju qilish, achchiq va shoʻr narsalarni muntazam isteʼmol qilish, ovqatdan zaharlanish, bilar-bilmas turli dorilar qabul qilish, allergiya, Helicobacter pylori mikrobi va b. sabab boʻladi. Kasallikning … Читать далее

GIPERNEFROMA

GIPERNEFROMA (giper… va yun. hephros — buyrak) — buyrak qilnaychalarining epiteliy hujayrasidan oʻsib chiqadigan xavfli oʻsma (buyrak raki). Kasallik zimdan boshlanadi. Bemor oʻzini noxush sezadi, tez charchaydi, darmonsizlik, ishtaxa va kayfiyatning aynishi kabi belgilar asta-sekin zoʻraya borib, keyinchalik bel sohasi simillab ogʻriy boshlaydi, baʼzan ogʻriq boʻlmaydi. Goho bemorning harorati koʻtarilib, qon bosimi ortadi. Siydikda eritrotsitlar … Читать далее

GIDRADENIT

GIDRADENIT (yun. hidros — ter va aden — bez) — ter bezlarining (koʻpincha qoʻltiq osti) yiringli yalligʻlanishi; stafilokokklar qoʻzgʻatadi – G. ga terining shikastlanishi, bichilishi, diabet va h. k. sabab boʻladi. Kasallik teri ostida kichik tuguncha paydo boʻlishidan boshlanadi. Tuguncha usti qizarib, ogʻrib turadi, qoʻl yoki oyoq qimirlatilganda ogʻriq zoʻrayadi, t-ra koʻtarilishi mumkin. Baʼzan bir … Читать далее

VAGINIZM

VAGINIZM (lot. vagina — qin) , erzadalik — qin va chanoq tubi muskullarining tortishib qisqarishi; bu hol jinsiy aloqaga putur yetkazadi. Vaginizmda ayolning tashqi jinsiy aʼzosida roʻy beradigan ortiqcha ogʻriq sezuvchanlik er b-n yaqinlik qilish imkonini bermaydi. Shu sababdan ayol jinsiy aloqadan bezillab qoladi. Odatda bunday hol birinchi jinsiy aloqada qoʻpollikni sezgan ayoldagi ruhiy iztirob, … Читать далее

BACHADON TUSHISHI

BACHADON TUSHISHI — bachadon va diloqning oʻz oʻrnidan pastga siljishi bilan kechadigan kasallik; bunda bachadon toʻla (jinsiy teshikdan chiqib ketadi) yoki qisman (jinsiy teshikdan bachadon boʻyni chiqadi xolos) tu-shishi mumkin. Koʻproq yoshi kattaroq ayollarda kuzatiladi. Ichki jinsiy aʼzolarni oʻz oʻrnida ushlab turadigan chanoq tubi muskullari faoliyatining buzilishi, qorin ichki bosimining ortishi, jinsiy aʼzolarning rivojlanmay qolishi, … Читать далее

GRIPP

GRIPP (frans.grippe) , inflyuensa — keng tarqalgan oʻtkir yuqumli kasallik. Yaqqol intoksikatsiya kuzatiladi, nerv va yurak-tomir sistemasi faoliyati buziladi. Grippni viruslar qoʻzgʻatadi; ularning A, A,, A2, V, S turlari maʼlum. Viruslar vaqt-vaqti bilan antigen tuzilishini oʻzgartirib turadi. Jumladan, A turining oʻzida antigen xususiyatiga qarab A (HjN,), A (H3N2) antigenli viruslar farq qilinadi. Oʻzbekistonda, asosan, A, … Читать далее