GIDRADENIT

GIDRADENIT (yun. hidros — ter va aden — bez) — ter bezlarining (koʻpincha qoʻltiq osti) yiringli yalligʻlanishi; stafilokokklar qoʻzgʻatadi – G. ga terining shikastlanishi, bichilishi, diabet va h. k. sabab boʻladi. Kasallik teri ostida kichik tuguncha paydo boʻlishidan boshlanadi. Tuguncha usti qizarib, ogʻrib turadi, qoʻl yoki oyoq qimirlatilganda ogʻriq zoʻrayadi, t-ra koʻtarilishi mumkin. Baʼzan bir necha tuguncha bir-biriga qoʻshilib, kattagina joyni egallaydi; bunda Gidradenit anchaga choʻziladi. Bora-bora tuguncha yumshab yoriladi va yiring chiqa boshlaydi. Gidradenit yorilib bitgach, oʻrnida chandiq qoladi. Goho kasallik qaytalanishi, bir bezdan ikkinchisiga oʻtishi ham mumkin. Bemorni faqat vrach davolaydi. Antibiotiklar, fizioterapiya, immunoterapiya buyuriladi, bular yordam bermasa, jarrohlik usuli qoʻllaniladi. Gidradenitning oddini olish uchun ozodalikka rioya qilish, qoʻltiq ostini bot-bot yuvib turish kerak.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x