KURASH

KURASH — sport turi, belgilangan qoidaga muvofiq ikki sportchining yakkama-yakka olishuvi. Kurashish sanʼati koʻp xalqlarda qadim zamonlardan buyon maʼlum. Kurash ayniqsa Yunonistonda keng tarqalib, qad. olimpiada musobaqalaridan doimiy oʻrin olib kelgan. Milliy Kurashning xilma-xil koʻrinishlari Gretsiya, Italiya, Yaponiya, Turkiya, Eron, Afgʻoniston, Rossiya, Oʻzbekiston, Gruziya, Armaniston, Ozarbayjon, Qozogʻiston va b. mamlakatlarda mavjud. Zavonaviy sport Kurash ining … Читать далее

DENGIZ TIPRATIKANLARI

DENGIZ TIPRATIKANLARI (Echinoidea) — ninaterililar sinfi. Tanasi sharsimon, disksimon yoki yuraksimon, sirtdan juda koʻp nina va peditsellariyalarga ega boʻlgan sovut bilan qoplangan. Ayrim jinsli, tuxumini suvga tashlaydi. Tuxumdan chiqqan lichinkasi — exinopluteus erkin suzib yuradi. Ayrim turlari tirik tugʻadi. Koʻpchilik toʻgʻri Dengiz tipratikanlari (ogiz teshigi tanasining ostki tomoni oʻrtasida joylashgan) maxsus chay nov apparati — … Читать далее

DARSONVALIZATSIYA

DARSONVALIZATSIYA — yuqori kuchlanishli va yuqori chastotali oʻzgaruvchan tokni davo maqsadida qoʻllash; shu usulni tavsiya etgan (1891) fransuz olimi dʻArsonval nomi bilan atalgan. Umumiy (induktoterapiya) va mahalliy Darsonvalizatsiya farq qilinadi. Gaz bilan toʻldirilgan shisha elektrod bemor badanida u yoq-bu yoqqa suriladi, bunda bemor badani bilan elektrod oʻrtasida kichik uchqun razryadlar hosil boʻlib, teridagi nerv oxirlarini … Читать далее

ISKABTOPAR ISITMASI

ISKABTOPAR ISITMASI, pap patichi isitmasi — virus qoʻzgʻa-tadigan oʻtkir infeksion kasallik. Infeksiya iskabtoparlar (fleboto-muslar) chaqishi orqali yuqadi. Virus iskabtoparning 3 nasli mobaynida saklanadi va mavsum sayin ulardan kishilarga oʻtadi. Iskabtopar isitmasi Oʻrta dengiz sohilida, Yaqin Sharqda, Hindiston, Sha-rkiy Afrika, Markaziy va Jan. Amerikada bor. Oʻrta Osiyoda ondasonda uchraydi. Yashirin davri 3—6 kun. T-ra bir necha … Читать далее

DISMENOREYa

DISMENOREYa (due… va yun. men — hayz, rhoira — kechish) , algomeno-r ye ya — hayzning ogʻriqli kechishi. Dismenoreyada, odatda, qorin pasti, bel va dumgʻaza sohasi ogʻriydi. Ogʻriq hayzdan oldin yoki uning dastlabki kunlari paydo boʻlib, butun hayz kunlari davomida kuzatiladi. Baʼzan koʻngil aynishi, qusish, bosh ogʻrigʻi, umumiy ahvolning oʻzgarishi hollari kuzatiladi. Dismenoreya birlamchi va … Читать далее

ZOTILJAM

ZOTILJAM, pnevmoniya — oʻpka yalligʻlanishi, oʻpkaning infeksion kasalligi, mustakil kasallik yoki bosh-qa kasalliklarning asorati qisoblanadi. Zotiljamni turli bakteriyalar (pnevmokokk, streptokokk, stafilokokklar) va viruslar qoʻzgʻatadi. Kasallikning yuzaga kelishi va rivojlanishiga odamning qattiq sovuq qotishi, jismoniy va ruhiy oʻta toliqishi, organizmning ichki zaharlanishi — intoksikatsiya hamda organizmning kasallikka qarshi kurashish qobiliyatini susaytiruvchi boshqa omillar sabab boʻladi, na-tijada … Читать далее

ZARDOB KASALLIGI

ZARDOB KASALLIGI — davolash yoki maxsus — seroprofilaktika maqsadida odam organizmiga begona oqsil (hayvonlarning immun zardoblari) yuborilganda roʻy beradigan allergik reaksiya. Ilgari tegishli zardob (mas, qoqshol yoki difteriyaga qarshi zardob) qabul qilmagan kishilarda ushbu zardoblardan biri yuborilgandan keyin, odatda, 8—12 kun oʻtgach, baʼzan esa bir necha daqiqadan soʻng Zardob kasalligining belgilari paydo boʻladi. Avval ukol … Читать далее

ILON ZAHARI

ILON ZAHARI — zaharli ilonlarning zahar bezidan chiqadigan sargʻish yoki och yashil, hvdsiz tiniq suyuklik. Quritilgan Ilon zaharining 70—90% i murakkab oqsil moddalar, qolgani anorganik moddalardan iborat. Zahar tarkibida erkin aminokislotalar, yogʻlar, yogʻ kislotalar, har xil tuzlar bor; natriy, kalsiy, kaliy, rux, magniy, fosfor, kremniy, temir, kumush kabi elementlar ham uchraydi. Ilon zaharida 15 ga … Читать далее

KUZNETSOVA Mariya Aleksandrovva

KUZNETSOVA Mariya Aleksandrovva (1899, Namangan — 1956.20.1, Toshkent) — Oʻzbekiston xalq artista (1939). Oʻzbek professioval teatrining birinchi aktrisalaridan. Millati rus boʻlsada, oʻzbek xalqining hayoti, tili, urf-odati va sanʼ-atini mukammal bilgan. Barcha rollarini oʻzbek tilida ijro etgan. Ijo-dini badiiy hanaskorlik toʻgaragidan boshlagan. 1918—21 y. lar Hamza rahbarligidagi «Oʻlka sayyor siyosiy truppasi»da, 1921—25 y. lar Qoʻqon teatrida, … Читать далее

BUYRAK SANCHIGʻI

BUYRAK SANCHIGʻI — buyrakning ayrim kasalliklari belgisi. Birdaniga belda qattiq ogʻriq turadi, baʼzan u chov sohasiga, songa, jinsiy aʼzolarga tarqaladi. Ogʻriqning zoʻridan bemor oʻzini qoʻygani joy topa olmay qoladi. Baʼzan sanchiq vaktida kasal botbot siyadi (bu toshning siydik nayining qovuq oldi yoki qovuq ichida turganini bildiradi), qayt qiladi, yel chiqmaydi, qorni dam boʻladi, harorati koʻtariladi, … Читать далее