MIGREN

MIGREN (frans. migraine) , miya ogʻrigʻi, gemikraniya — oʻqtin-oʻqtin tutadigan bosh ogʻrigʻi. Aksari ayollarda uchraydi. Kasallikka, asosan, qon tomir tonusini boshqarib turadigan nerv ishining buzilishi, koʻpincha, oilada va naslda qon tomir kasalligiga beriluvchanlik sabab boʻladi. Migren aksari balogʻatga yetish davrida kuzatiladi. Kasallik xuruji, odatda, asabiylashish natijasida yoki oʻta charchash oqibatida roʻy beradi. Xurujning tutish muddati, … Читать далее

MASTOPATIYA

MASTOPATIYA (mastit va yun. pathos — azoblanish, dard) , fibroadenomatoz — sut bezi kasalligi (q. Sut bezlari), bunda, kupincha, sut bezining yuqori qismida har xil kattalikda, ushlaganda qoʻlga unnaydigan, ogʻriqli (baʼzan ogʻriqsiz) mayda qattiq tugunchalar paydo boʻladi. Baʼzan ogʻriq hayz davrida yoki undan oldin kuzatiladi. Mastopatiya, koʻpincha, yoshroq ayollarda uchrab, odatda, ichki sekretsiya bezlari (gipatalamo … Читать далее

PROSTATIT

PROSTATIT — prostota bezinnnt yalligʻlanishi. Koʻpincha siydik chiqarish kanali (uretra) yalligʻlanganda, soʻzak, uretrit va b. da infeksiya prostata beziga qon va limfa orqali yoki siydik chiqarish kanalidan oʻtishi na-tijasida kelib chiqadi. Prostatitga sovqotish, koʻp jinsiy aloqa qilish, zax joyda oʻtirish, kam harakat qilish kabi omillar sabab boʻlishi mumkin. Oʻtkir va surunkali boʻladi. Oʻtkir Prostatitda bemor … Читать далее

MOXOV

MOXOV (arab, maxv — yoʻq qilish yoki chetlatish) , lepra, prokaza — butun organizmni, xususan, teri, nerv sistemasi hamda ichki aʼzolarni zararlaydigan surunkali infeksion kasallik. Uni kislotaga chidamli moxov mikobakteriyasi (Mycobactererium leprae Hansen) qoʻzgʻatadi. Kasallik tarixi uzoq oʻtmishga borib taqaladi. Ayrim tarixiy qoʻlyozmalarda taʼkidlanishicha, miloddan 3 — 3,5 ming yil avval M. Misrda uchragan. Moʻgʻuliston, … Читать далее

PLEVRIT

PLEVRIT — plevranit yalligʻlanishi. Koʻpincha oʻpkaning yalligʻlanishi oqibatida, baʼzan revmatizm, sil, yuqumli va allergik kasalliklar na-tijasida, ayrim hollarda esa koʻkrak qafasining jarohatlanishi oqibatida yuzaga keladi. Plevrit quruq va ekssudatam boʻladi. Quruq Plevritda plevra pardalari qalinlashadi va gadir-budur boʻlib qoladi. Ekssudatli Plevritda plevra pardalari orasiga suyuklik toʻplanib, u tiniq, qon yoki yiring aralashgan boʻladi. Plevrit koʻpincha … Читать далее

MALIKBOYEVA Erkli Vohidovna

MALIKBOYEVA Erkli Vohidovna (1928.16.12, Toshkent) — Oʻzbekiston xalq artisti (1971). Toshkent teatr va rassomlik sanʼati in-tini tugatgan (1950). 1949-y. dan Hamza teatri (hoz. Oʻzbek milliy akademik drama teatri)da. Ijodining dastlabki yillari mumtoz va zamonaviy dramaturgiyada chuqur lirik obrazlar — Ofeliya («Gamlet»), Sarvinoz («Sevgi afsonasi»), Nazira («Ogʻriq tishlar»), Xannyan («Sabr kosasi») va b. ni mahorat bilan … Читать далее

PANKREATIT

PANKREATIT (yun. pankreas — meʼda osti bezi) — meʼda osti bezining yalligʻlanishi. Oʻtkir va surunkali boʻladi. Oʻtkir Pankreatit alkogolizm, yolchitib ovqatlanmaslik yoki meʼyoridan ortiqovqat yeyish, shuningdek, oʻt toshi kasalligi natijasida paydo boʻladi. Pankreatitga meʼda osti bezi tomirlarining zararlanishi yoki unga tromblar tiqilib qolishi, infeksion kasalliklar, shikastlanishlar va qorin boʻshligʻidagi turli yalligʻlanishlar sabab boʻladi. Oʻtkir Pankreatitda … Читать далее

MUSKULLAR

MUSKULLAR, mushaklar — odam va hayvonlar gavdasi aʼzolari; nerv impulslari taʼsirida qisqarish xususiyatiga ega toʻqima (muskul toʻqimasi)dan tashkil topgan. Silliq, koʻndalangtargʻil va yurak muskullari birgalikda organizmning muskul sistemasini tashkil etadi. Harakatlanishda asosiy rol oʻynaydi. Koʻndalangtargil va silliq Muskullarga boʻlinadi. Silliq muskul lardan ichki aʼzolar, qon va limfa tomirlari devorining muskul pardalari, shuningdek, teri muskullari hosil … Читать далее

TISH CHIRISHI

TISH CHIRISHI, tish kariyesi tish qattiq toʻqimalarining zararlanishi; tish emali (dentin) ning astasekin yemirilib, kovak hosil boʻlishi. Bolalarda koʻp uchraydi. Koʻpincha bolalarning birinchi katta jagʻ tishlari (oltinchi tish) chiriydi. Tish chirishi ovqatlanish tarzining buzilishi; xamir ovqat va shirinliklarga ruju qilish; ovqat tarkibida kaliy, fosfor va vitaminlar yetishmasligi, shuningdek, ovqatda hoʻl meva va sabzavotlar boʻlmasligi hamda … Читать далее

MINGDEVONA

MINGDEVONA (Hyoscyamus L.) tomatdoshlar oilasiga mansub oʻsimliklar turkumi. Boʻyi 1,5 m gacha. Po-yasi shoxlangan, sertuk. Birinchi yili uzun bandli ildiz boʻgʻiz, toʻpbarg, ikkinchi yili poya oʻsib chiqadi. Poyadagi barglari tuxumsimon, 3—7 boʻlakli, bandsiz, ketma-ket joylashgan. Gullari sargʻish, uchi keng, poya uchida toʻpgul hosil qiladi. Mevasi ikki xonali, koʻp urugʻli, koʻzachasimon koʻsakcha. Oʻrta Osiyo, Sibir, Kavkaz, … Читать далее