GASTRODUODENIT

GASTRODUODENITmeʼda va oʻn ikki barmoq ichak shilliq qavatining yalligʻlanishi. Gastroduodenit koʻpincha gastrit, meʼda yarasi (q. Yara kasalpigi), pankreatit bilan ogʻrigan, shuningdek meʼdada oʻsadigan mikrob Helicobacter pylori va har xil gijjalari (lyambliya, askarida va b.) bor kishilarda uchraydi. Oʻtkir va surunkali Gastroduodenit farq qilinadi. Oʻtkir G . da bemorning koʻngli ayniydi, qusadi, ichi ketadi, toʻsh osti soxasida ogʻriq boʻladi. Oʻtkir Gastroduodenitning vaktida oldi olinmasa, u surunkali shaklga oʻtadi. Surunkali G . da meʼda yoki oʻn ikki barmoq ichak yarasi kabi kasalliklarning belgilari kuzatiladi. Davo kasallikning kechishi va belgilariga qarab tayinlanadi. Kasallikning oldini olishda uning il k belgilari namoyon boʻlishi bilan darhol vrachga murojaat etish muhim. Helicobacter pylori mikrobiga qarshi antibiotiklar, metronidazol va depol kabi dorilar ishlatiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x