GRELKA

GRELKA (rus. — isitkich) — badanning maʼlum joyini isitish uchun moʻljallangan moslama. Badanning Grelka qoʻyib isitiladigan qismida qon koʻp toʻplanib, ogʻriq yoʻqoladi. Rezina xaltacha shaqlidagi Grelka va elektr toki bilan isiydigan Grelka mavjud. Maxsus Grelka boʻlmasa, ogʻzi tiqin bilan mahkam yopiladigan shisha ishlatish qam mumkin. Ichiga issiq qum yoki qipiq solingan (quruq issiq) xaltadan foydalansa ham boʻladi. Rezina Grelkaga hajmining % qismigacha suv quyiladi va qolgan qismidagi havo ehtiyotlik bilan chiqarib yuboriladi, ogʻzidagi tiqin yaxshilab burab qoʻyiladi. Grelka juda issiq boʻlsa, oldin adyol ustidan, bir oz sovigach, choyshab ustidan, oxirida badanga qoʻyiladi. Kishi sovqotganda Grelka birinchi tibbiy yordam sifatida qoʻllanadi (q. Sovuq olishi). Bemorni parvarish qilish, ogʻriqni qoldirish maqsadida Grelka qoʻyilganda, albatta, vrach bilan maslahatlashish lozim.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x