VENETSIYA

VENETSIYA — Italiyaning shim. dagi shahar, Adriatika dengizining Venetsiya qoʻltigʻida. Venetsiya viloyati va Venetsiya provinsiyasining maʼmuriy markazi. Venetsiya 2 kismdan iborat: tarixiy markaz (aholisi 100 ming kishi atrofida) 150 kanal bilan ajralib turgan 118 orolda joylashgan va materikdagi sanoatlashgan port qismi. Venetsiyaning orollardagi qismi — muzey shahar, dengiz kurorti, xalqaro turizm markazi. Aholisi 450 mingdan … Читать далее

BOTANIKA INSTITUTI VA BOTANIKA BOGʻI

BOTANIKA INSTITUTI VA BOTANIKA BOGʻI, Oʻzbekiston FA Botanika instituti va botanika bogʻi — Toshkent sh. dagi ilmiy muassasa. Unda tabiiy sharoitda oʻsadigan oʻsimliklar dunyosi har tomonlamaoʻrganilib, muhofaza qilish, qayta tiklash, ulardan oqilona foydalanish, oʻsimliklar introduksiyasi va biotexnologiyasiga oid muammolar ustida tadqiqot ishlari olib boriladi. Botanika in-ti 1932-y. da Oʻzbekiston Fanlari qoʻmitasi qoshidagi oʻsimliklar xom ashyosi … Читать далее

GEOGRAFIYA

GEOGRAFIYA (yun. geo… va…grafik) — Yerning geografik qobigʻi, uning struktura va dinamikasi, alohida komponentlarini hududlar boʻyicha oʻzaro taʼsiri va taqsimlanishini oʻrganadigan fanlar majmui. Antik dunyo gʻarb olimlari Yer yuzasining manzarasini Geografiya soʻzi b-n ifodalaganlar. Geografiya terminini dastlab Eratosfen (mil. av. 276—194-y. larda yashagan) kiritgan. Oʻrta Osiyoda 9 — 10-a. lardan boshlab Geografiya soʻzi maʼnosida «surati … Читать далее

BOLGARIYA

BOLGARIYA (Bʼlgariya), Bolgariya Respublikasi — Yevropaning jan., Bolqon ya. o. ning sharqiy qismidagi davlat. Sharqda Qora dengiz bilan oʻralgan. Mayd. 111 ming km2. Aholisi 8,3 mln. kishi (1997). Poytaxti — Sofiya sh. Maʼmuriy jihatdan 9 viloyatga, ular jamoalarga boʻlinadi. Sofiya sh. viloyatga tenglashtirilgan. Davlat tuzumi. Bolgariya — parlamentli respublika. 1946-y. dan 1990-y. 15 noyab. gacha … Читать далее

GELIBOLU

GELIBOLU, Gallipoli yarim oroli — Turkiyaning Yevropa qismidagi yarim orol. Saros qoʻltigʻi bilan Dardanel boʻgʻozi orasida. Uz. 90 km, eni 20 km gacha, eng baland joyi 374 m. Paleogen davrining qumtosh, gillaridan tuzilgan. Iqlimi subtropik. Oʻrta dengiz boʻyi oʻsimliklari oʻsadi. Eng yirik shahri va dengiz porti — Gelibolu (Gallipoli). 1-jahon urushi (1915) davrida Geliboluda Dardanel … Читать далее

GANDXARA SANʼATI

GANDXARA SANʼATI — Qad. Gandxara viloyati sanʼati. Kushan podsholigi davri (1 — 4-a. lar)da rivojlangan. Bihistun yozuvlarida Gadara nomi bilan tilga olingan. Gandxara qabilasi nomidan kelib chiqqan deb taxmin qilinadi. Oʻrta dengiz atrofi mamlakatlaridan Xitoy, Xindiston va Markaziy Osiyoga savdo yullari Gandxara orqali oʻtgan. Qad. hind badiiy anʼanalari zaminida shaklangan Gandxara sanʼatida yunonrim ellinistik sanʼati … Читать далее

BAGʻDOD

BAGʻDOD — Iroqning poytaxti (1921); Bagʻdod muhofazasining maʼmuriy markazi. Dajla daryosining har ikki sohilida; Markaziy va Jan. Osiyo hamda Oʻrta dengiz mamlakatlarini birlashtirib turuvchi yoʻllar chorrahasida. Mamlakatning eng katta shahri. Aholisi 4 mln. kishi (1990). Bagʻdodda arablar (aksariyat), kurd, arman, turk, yahudiy va forslar yashaydi. Iqlimi Oʻrta dengiz iqlimi; yanv. ning oʻrtacha t-rasi 10°, iyulniki … Читать далее

BARSELONA

BARSELONA — Ispaniyaning shimsharqidagi shahar va port, Oʻrta dengiz boʻyida. Kataloniya muxtor viloyati va Barselona provinsiyasining maʼmuriy markazi. Aholisi 1,7 mln. kishi (1991). Barselonaga mil. av. 3-a. da karfagenlar asos solgan. 877 — 1137-y. larda Barselona grafligining poytaxti. 13 — 15-a. larda Oʻrta dengiz boʻyidagi muhim savdo shahri boʻlgan. Barselona — Ispaniyaning muhim iqtisodiy va … Читать далее

YER

YER — Quyosh sistemasidagi Quyoshdan uzoqligi jihatdan uchinchi (Merkuriy, Venera sayyoralaridan keyin) sayyora. U oʻz oʻqi atrofida va aylanaga juda yaqin boʻlgan elliptik orbita boʻyicha Quyosh atrofida aylanib turadi. Hajmi va massasi jihatidan Yer katta sayyoralar ichida (Yupiter, Saturn, Uran, Neptundan keyin) beshinchi oʻrinda. Yerda hayot borligi bilan u Quyosh sistemasidagi boshqa sayyoralardan farq qiladi. … Читать далее

YERBODOM

YERBODOM, chufa (Cyperus esculentus L.) — hiloldoshlar oilasiga mansub koʻp yillik oʻtsimon oʻsimlik; bir yillik moyli ekin. Vatani—Afrika. Afrikada (Oq Nil havzasida) yovvoyi holda oʻsadi. Misrda mil. av. 3-asrdan boshlab ekib kelingan. Boʻyi 50—100 sm, bardisimon shaklda oʻsadi. Gullari mayda, ikki jinsli, ildizpoyalarining uchi tuganaksimon, yoʻgʻonlashgan. Namsevar va issiqsevar oʻsimlik. Vegetatsion davri 110—120 kun. Oʻrta … Читать далее