BARSELONA

BARSELONA — Ispaniyaning shimsharqidagi shahar va port, Oʻrta dengiz boʻyida. Kataloniya muxtor viloyati va Barselona provinsiyasining maʼmuriy markazi. Aholisi 1,7 mln. kishi (1991). Barselonaga mil. av. 3-a. da karfagenlar asos solgan. 877 — 1137-y. larda Barselona grafligining poytaxti. 13 — 15-a. larda Oʻrta dengiz boʻyidagi muhim savdo shahri boʻlgan.

Barselona — Ispaniyaning muhim iqtisodiy va madaniy markazi. Dengiz, t. i., havo va avtomobil yoʻllari tuguni. Barselona porti Oʻrta dengiz boʻyidagi eng yirik portlardan (yuk tashish oboroti yiliga 20 mln. t chamasida). B. Ispaniyaning eng katta sanoat shahri. Kataloniyadagi sanoat i. ch. ning 90%i B. da. Asosiy sanoat tarmoqlari: toʻqimachilik, elektrometallurgiya, mashinasozlik, kimyo, sellyuloza, qogʻoz, poligrafiya, elektrotexnika, sement, oziq-ovqat, yogʻoch-sozlik, koʻnchilik va b. Xalqaro miqyosdagi savdo-sanoat yarmarkalari oʻtkazilib turiladi. 1888 va 1929-y. larda Barselonada Butunjahon koʻrgazmasi boʻlgan, 25-Olimpiada (1992) oʻyinlari boʻlib oʻtgan. Shaharda metropoliten qurilgan. Un-tlar (15-a. dan) va b. oliy oʻquv yurtlari, teatr, konservatoriya, astronomiya rasadxonasi, muzeylar, hayvonot bogʻi bor.

Meʼmoriy yodgorliklari: San-Pablo del Kampo cherkovi (10-a.), gotika uslubidagi sobor (1298 — 15-a,), SantaMariya del Map cherkovi (1320 — 70), Guel saroyi (1885 — 89), Sagrada Familiya cherkovi (19-a. oxiri) va b.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x