GANDXARA SANʼATI

GANDXARA SANʼATI — Qad. Gandxara viloyati sanʼati. Kushan podsholigi davri (1 — 4-a. lar)da rivojlangan. Bihistun yozuvlarida Gadara nomi bilan tilga olingan. Gandxara qabilasi nomidan kelib chiqqan deb taxmin qilinadi. Oʻrta dengiz atrofi mamlakatlaridan Xitoy, Xindiston va Markaziy Osiyoga savdo yullari Gandxara orqali oʻtgan. Qad. hind badiiy anʼanalari zaminida shaklangan Gandxara sanʼatida yunonrim ellinistik sanʼati taʼsiri (naqshlarda, bezak uslubi, kiyimlar, baʼzan qiyofalar talqinida) kuzatiladi.

Budda dini sanʼati sifatida shakllangan Gandxara sanʼatining uziga xos tomonlari haykaltaroshlik, burtma tasvir va diniy inshootlar (stupa va monastirlar; mas, Dxarmaraj stupasi, Moxra-Morad monastiri va b.)da yorqin namoyon bulgan. Budda inson qiyofasida birinchi marta Gandxara sanʼatida tasvirlandi va shu yerda uning risoladagi qiyofasi yaratildi. Budda timsoli asta-sekin bir qolipga solingan va turli kurinishda ishlangan (yana q. Budda sanʼati).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x