MESETA

MESETA, Kastiliya yassitogʻligi — Ispaniya va Portugaliyadagi yassitogʻlik, Pirenei ya. o. ning katta kismini egallaydi. Asosan, kristall jinslardan tuzilgan. Plato, uncha baland boʻlmagan massiv va togʻ oraligʻi botiqlaridan iborat, gʻarbida tektonik yoriklar bilan kuchli parchalangan. Aksari qismining bal. 600—1200 m. M. ning oʻrta qismini egallagan Markaziy Kordilyera togʻlari (eng baland joyi 2592 m. Almansor togʻi) … Читать далее

PALEOGEN SISTEMASI

PALEOGEN SISTEMASI (DAVRI) (yun. palaios — qadimgi va genos — tugʻilish, yoshi) — Yer tarixi kaynozoy eratermasinint boshlanish davri. Paleogen sistemasi s taxm. 65—66 mln. yil muqaddam boshlanib, 40—42 mln. yil davom etgan. Paleogen sistemasi yotqiziqlari Yer yuzida keng tarqalgan boʻlib, Amerika, Yevropa, Shim. Amerikaning anchagina qismini qoplab yotadi. Paleogen sistemasida yirik tektonik harakatlar boʻlib … Читать далее

MEHRIGIYOH

MEHRIGIYOH, mandragora (Mapdragora) — ituzumdoshlar oilasiga mansub koʻp yillik oʻtlar turkumi. Barglari yirik, tuxumsimon, yaxlit, boʻyi 80 sm cha. Gullari sargʻish-yashil, zan-gori, binafsha yoki oq, yakka. Mevasi — toʻq sariq, dumaloq, yirik rezavor-meva. Oʻrta dengiz sohillari va Himolay hududida 5 turi, Turkmanistonda bir turi usadi. Organlari tarkibida alkaloidlar (giossiamin, skopolamin va b.) bor. Undan tayyorlanadigan … Читать далее

MONAKO

MONAKO — Monako poytaxti. Oʻrta dengiz boʻyidagi Dengiz boʻyi Alp togʻlarining turtib chiqqan qoyali qismida joylashgan. Aholisi 2 ming kishi chamasida. Oʻrta dengiz boʻyidagi port. M. — yirik okeanografiya markazi: i. t. in-ti, muzey, akvarium; Xalqaro gidrografiya byurosi ishlab turibdi. Elektrotexnika, radioelektronika, kimyo, farmatsevtika, oziq-ovqat sanoati korxonalari mavjud. Botanika bogi, muzeylar, kutubxona bor. Meʼmoriy yodgorliklardan … Читать далее

MAKKA

MAKKA (arab. Umm ul-Quro, Umm ulMadoin — shaharlar onasi va b.) — Saudiya Arabistonining gʻarbiy qismidagi shahar, Qizil dengizdan 70 km uzoqdikda joylashgan. Hijoz viloyatining maʼmuriy markazi. Aholisi 1 mln. kishiga yaqin (2001); haj vaqtida (hajga keluvchilar hisobiga) 2 mln. dan oshadi. Makka qad. shahar, asos solingan yili nomaʼlum. Dastlab Zamzam bulogʻi atrofida aholi turar … Читать далее

MAGMATIZM

MAGMATIZM — magmaning suyulishi, uning evolyutsiyasi, harakati, boshqa qattiq jinslar bilan oʻzaro taʼsiri va qotishini oʻz ichiga olgan jarayonlar majmui. M. Yerning chuqur qismidagi faol harakatlarning eng muhim koʻrinishlaridan biri. Tektonik harakatlar xarakterining oʻzgarishi bilan Magmatizm tipi ham oʻzgaradi, geologik tarixga va Yer poʻstining u yoki bu strukturasiga bogʻliqligiga qarab geosinklinal, platforma, okeanik va tektonikmagmatik … Читать далее

PALEARKTIKA OBLASTI

PALEARKTIKA OBLASTI, Palearktika (yun. palaios — qadimgi va arktros — shimoliy) — quruklik zoogeografiya oblasti. Yevropa, Shim. Afrika (jumladan, Saxroi Kabir), Arabiston ya. o. (jan. dagi togʻliq qismidan tashqari), Osiyoning Hind va Yanszi daryolari hamda Himolay togʻlarigacha boʻlgan moʻtadil va sovuq iqlimli hududlarni oʻz ichiga oladi. Palearktika oblastiga Tinch okeandagi Komandor, Kuril, Saxalin va Yaponiya … Читать далее

MERSIN

MERSIN — Turkiyaning jan. qismidagi shahar. Ichel elining maʼmuriy markazi. Aholisi 544,3 ming kishi (2000). Oʻrta dengiz boʻyidagi port. Toʻqimachilik, oziq-ovqat, kimyo, neftni qayta ishlash sanoati korxonalari bor. Tayyor qismlardan avtomobil yigʻish z-di ishlab turibdi. Loading… Пост Навигацияси Previous PostMEROVINGLAR Next PostMERTON

MERINOSLAR

MERINOSLAR (isp. merinos) — jun qoplami bir xil mayin junli qoʻy zotlari. Vatani — Gʻarbiy Osiyo. M. bu yerda mil. av. 2—3 ming yilliklardan boqiladi, keyin Oʻrta dengiz mamlakatlariga, 18-a. oʻrtalaridan esa Gʻarbiy Yevropa, Shim. Amerika va Avstraliyada, 19-a. va 20-a. boshlarida Rossi-yada tarqalgan. Turli mamlakatlarda bir-biridan farq qiladigan infantado, negretti, rambulye, mazayev, yangi Kavkaz … Читать далее

MONTEKARLO

MONTEKARLO — Monakodagi shahar, Moviy qirgʻokda joylashgan. Aholisi 13,2 ming kishi (1990-y. lar oʻrtalari). Oʻrta dengiz boʻyidagi port. Iqlim kurorti. Xalqaro turizm va bank operatsiyalarining yirik markazi. Oʻzining kazinolari bilan dunyoga tanilgan. Kema taʼmirlash korxonalari, opera teatri, nafis sanʼat muzeyi bor. Har yili xalqaro sirk sanʼati va b. festivallar oʻtkaziladi. M.-K. da turizm boʻyicha Xalqaro … Читать далее