BAGʻDOD

BAGʻDOD — Iroqning poytaxti (1921); Bagʻdod muhofazasining maʼmuriy markazi. Dajla daryosining har ikki sohilida; Markaziy va Jan. Osiyo hamda Oʻrta dengiz mamlakatlarini birlashtirib turuvchi yoʻllar chorrahasida. Mamlakatning eng katta shahri. Aholisi 4 mln. kishi (1990). Bagʻdodda arablar (aksariyat), kurd, arman, turk, yahudiy va forslar yashaydi. Iqlimi Oʻrta dengiz iqlimi; yanv. ning oʻrtacha t-rasi 10°, iyulniki 34°, yiliga oʻrtacha 163 mm yogʻin yogʻadi. Bagʻdodni 762-y. xalifa Mansur (754 — 775) Madinat as-Salom (Tinchlik shahri) nomi bilan bino qilib, Abbosiylar xalifaligi poytaxtiga aylantirgan. Bagʻdod etimologiyasi toʻgʻrisida bir necha rivoyatlar boʻlib, shulardan eng koʻp tarqalgani: Bogʻi Dod (Dodning bogʻi) va But (sanam) tuhfasi. 9-a. da Bagʻdod xunarmandchilik, savdo va oʻrta asr Sharq madaniyatining markazi boʻlgan. Bagʻdodni eronlik buvayhiylar (945), saljuqiylar sultoni Toʻgʻrulbek (1055) va moʻgʻul xoni Hulokuxon (1258) bosib olgan. 1393 va 1403-y. larda Amir Temur saltanati tarkibiga kirgan. 1410 — 1508-y. larda B. Qora qoʻyunli va Oq qoʻyunli koʻchmanchi turkman xonlari qoʻl ostida boʻldi. 1508-y. da Eron sa-faviylari egʻallagan, 1534-y. esa Us-monli turklar davlatiga qoʻshib olindi. 1623-y. da Bagʻdodni Eron shohi Abbos I boʻysundirgan. 1638 — 1917-y. larda Usmonli turklar tasarrufida boʻldi. 18-a. da B. Osiyodagi yirik savdo markazlaridai biriga aylandi. 1-jahon urushi davrida Bagʻdodni Angliya qoʻshinlari bosib oldi (1917-y. mart), 1920 — 21 y. larda Angliyaning mandatli hududi tarkibida. 1921—58 y. lar Iroq qirolligining, 1958-y. dan Iroq Res-publikasining poytaxti.

Bagʻdod — mamlakatning transportsano-at, savdomoliya markazi. T. y., avtomobil va havo yoʻllarining tuguni. Xalq-aro ahamiyatga ega aeroport bor. Yirik daryo porti (chetga don. xurmo, jup, teri va b. chiqariladi). Mamlakatdagi sanoat korxonalari (asosan toʻqimachilik, koʻnchilik, tikuvchilik va oziq-ovqat) ning 25%i B. da. Metallsozlik, kimyo, sement sanoati, elektrotexnika z-di bor. Hunarmandchilikda roʻzgʻor asboblari, zargarlik buyumlari, gilam, poyabzal kabi mahsulotlar ishlab chiqariladi. Bagʻdod yaqini (Dora)da neftni qayta ishlovchi yirik z-d bor. Shaharda koʻplab zamonaviy binolar qurilgan. Shaharning chap sohildagi qismida maʼmuriy muassasalar, parlament, xukumat binolari, oʻng sohilida i. ch. korxonalari va ustaxonalar joylashgan. Dajlaga bir necha yirik koʻprik qurilgan. Meʼmoriy yodgorliklardan Zubayda maqbarasi (13a.), Xon Marjon karvonsaroyi (1358 – 59), Abbosiylar saroyi (12 – 13-a. lar), Oltin masjid (16-a.) va b. saqlangan.

Bagʻdodda un-tlar, Fanlar akademiyasi, Nafis sanʼat in-ti (1936), yuridik, savdo, tibbiyot, oʻqituvchilar kollejlari, koʻplab muzeylar, jumladan Iroq muzeyi, Arab osori atiqa muzeyi, ku-tubxonalar bor.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x