BONN

BONN — Germaniyadagi shahar, Shimoliy ReynVestfaliya yeri hududida, Reyn daryosining chap sohilida. Aholisi 412 ming kishi (1995). Bonnga 1-a. da rimliklar asos solgan. 1273—1794-y. larda Kyoln kurfyurstlari qarorgohi. 1814-y. dan Prussiya tarkibiga kirgan. 1945—49 y. larda Germaniyaning Angliya okkupatsiya qilgan zonasida boʻlgan. 1949-y. dan GFR poytaxti. 1989-y. dagi siyosiy oʻzgarishlar tufayli GFR va Germaniya Demokratik … Читать далее

BOLSMAN PRINSIPI

BOLSMAN PRINSIPI — entropiya S bilan termodinamik xolat ehtimollik W orasidagi munosabat (k — Bolsman doimiysi, W — holat ehtimolligi). Termodinamikaning ikkinchi bosh qonuni Bolsman prinsipi boʻyicha statistik sharhlanadi: tabiiy jarayonlar termodinamik tizimni kam ehtimolli holatdan koʻp ehtimolli holatga oʻtishga majbur qiladi Bolsman prinsipini L. Bolsman ishlab chiqqan. Пост Навигацияси

BRODSKIY Iosif Aleksandrovich

BRODSKIY Iosif Aleksandrovich (1940.24.5, Leningrad — 1996) — rus shoiri. Ijodiy faoliyati 60-y. larda boshlangan. 1962—64y. larda turli ayblar bilan qamalgan va surgun qilingan. Ammo A. Axmatova, S. Marshak, D. Shostakovich singari mashhur kishilarning saʼyharakati bilan 1965-y. surgundan ozod etilgan. Siyosiy tuzumga nomaqbul shaxs sifatida 1972-y. da Sovet davlati hududlaridan chiqarib yuborilgan; 1974-y. dan AQSHda … Читать далее

BOZOR SEGMENTI

BOZOR SEGMENTI (lot. segmentum — qism) — bozorning sotiladigan tovarlar turi, hududiy joylashuvi, xaridorlarning toifasi va ijtimoiy qatlamlari kabi belgilarga koʻra alohida qismlarga ajralishi. Bozorni segmentlarga ajratishda aholining xarid qobiliyati, yashash sharoiti, yoshi va jinsi, qaysi tovarlarni afzal koʻrishi, kishilarning mehnat faoliyati, turmush tarzi, inflyatsiya darajasi, bozor infratuzilmasi va b. belgilar asosiy omil boʻlib xizmat … Читать далее

VENTIL

VENTIL (lot. ventilo — puflayman esaman) — 1) bir tomonlama oʻtkazuvchanlik xossasiga ega boʻlgan elektr asboblarining umumiy nomi. Toʻgʻri tok yoʻnalishida kam qarshilikka, teskari tok yoʻnalishida esa katta qarshilikka ega boʻladi. Boshqacha aytganda, Ventil tokni bir («toʻgʻri») yoʻnalishda yaxshi, ikkinchi («teskari») yoʻnalishda yomon oʻtkazadi. Bu xossasi tufayli Ventil tokni toʻgʻrilash qurilmasi sifatida keng qoʻllaniladi. Ventillik … Читать далее

VANJ

VANJ — Tojikiston Respublikasi Togli Badaxshon muxtor viloyatidagi dare. Panj daryosining oʻng irmogʻi. Uz. 103 km, havzasining mayd. 2070 km2. Vanj, Yazgʻulom va Fanlar Akademiyasi tizmalaridagi doimiy qor va muzliklardan boshlanadi. Ikki irmoqning qoʻshilishidan hosil boʻladi: ulardan chap irmoq Vanj tizmasining shim. yon bagʻrida 5500 m balandliqdagi muzlikdan, oʻng irmoq Fanlar Akademiyasi tizmasi gʻarbiy yon … Читать далее

BIOORGANIK KIMYO INSTITUTI

BIOORGANIK KIMYO INSTITUTI, Oʻzbekiston FA O. S. Sodiqov nomidagi bioorganik kimyo instituti — i. t. muassasasi. 1977-y. da Oʻzbekiston FA tarkibidagi bioorganik kimyo boʻlimi (1973) negizida tashkil etilgan. Intga asoschisi akad. O. S. Sodiqov nomi qoʻyilgan. Intning asosiy fundamental ilmiy yoʻnalishi hayvon va oʻsimliklar organizmidagi bioorganik kimyo jarayonlarini, yaʼni yuqori va quyi molekulyar tabiatga ega … Читать далее

BEHI

BEHI (Cudonia oblonga Mill.) — raʼnodoshlar oilasiga mansub mevali daraxt yoki buta. B. ning Ozarbayjon, Dogiston, Turkmaniston, Eronda yovvoyi turlari uchraydi, turk tilida ayva nomi bilan yuritilgan. Mahmud Koshgʻariyning «Devonu lugʻotit turk» asarida «avya» shaklida tilga olingan. B. Kavkaz, Oʻrta Osiyo, Qrim, Ukrainaning jan. hamda Astraxon viloyatida keng tarqalgan. Oʻzbekistondagi Behi zorlarning 80% Fargʻona vodiysida. … Читать далее

BERUNIY

BERUNIY Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad (973.4.9, qad. Kot (Kat) sh. — 1048.11.12. Gʻazna (hoz. Afgʻonistonda) — ulugʻ oʻzbek mutafakkir olimi, oʻrta asrning buyuk daholaridan. Oʻz zamonasining hamma fanlarini, birinchi navbatda falakiyot (astronomiya), fizika, riyoziyot (mat.), ilohiyot, maʼdanshunoslik fanlarini puxta egallagan. Bu fanlar taraqqiyotiga qoʻshgan hissasi bilan uning nomi dunyo fanining buyuk siymolari qatoridan joy … Читать далее

BADANNI ARTISH

BADANNI ARTISH — salomatlikni har tomonlama mustahkamlashga qaratilgan choratadbir; davo-profilaktika muolajasi; bunda suvga hoʻllangan dagʻal sochiq bilan butun gavda yoki uning ayrim qismlari (qoʻl, oyoq va b.) ni tez va kuch bilan artib, keyin teri qizarguncha quruq sochiq bilan ishqalanadi. Kuniga Badanni artish, bunda suv haroratini 30 — 32° dan 18—20° gacha pasaytirib borish yaxshi … Читать далее