BRODSKIY Iosif Aleksandrovich

BRODSKIY Iosif Aleksandrovich (1940.24.5, Leningrad — 1996) — rus shoiri. Ijodiy faoliyati 60-y. larda boshlangan. 1962—64y. larda turli ayblar bilan qamalgan va surgun qilingan. Ammo A. Axmatova, S. Marshak, D. Shostakovich singari mashhur kishilarning saʼyharakati bilan 1965-y. surgundan ozod etilgan. Siyosiy tuzumga nomaqbul shaxs sifatida 1972-y. da Sovet davlati hududlaridan chiqarib yuborilgan; 1974-y. dan AQSHda yashagan. «Sahrodagi bekat» (1967), «Kurkam davr intihosi» (1972), «Uraniya» (1987), «Oʻgit» (1990) va b. sheʼriy tuplamlari xorijda nashr etilgan. Bu tuplamlarda yolgʻizlangan kishi bilan bir kam dunyo Urtasidagi ziddiyatlar kinoyaviykutarinki uslubda aks ettirilgan. Brodskiy sheʼriyatidagi voqelikni uziga xos benazir tarzda idrok va tasvir etish, antik davr sheʼriyatidagi badiiy shakllardan samarali foydalanish — shoir novatorligining mohiyatini tashkil etadi. Brodskiyning ingliz va qisman rus tillarida eʼlon qilgan sheʼr, pyesa va publitsistik maqolalari Gʻarb adabiyoti hodisasi sifatida maydonga kelgan. Nobel mukofoti laureati (1987).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x