VALPARAISO

VALPARAISO (isp. —jannat vodiy-si) — Chili markazidagi shahar. Akonkagua viloyati maʼmuriy markazi. Aholisi 290 mingdan ziyod kishi (1990-y. lar oʻrtalari). Mamlakatning Tinch okean sohilidagi eng katta porti (import mollarining yarmidan koʻprogʻi, eksport tovarlarining ancha qismi Valparaiso orqali oʻtadi). Transkontinental (Buenos-Ayres — Santyago — V.) t. y. ning soʻnggi punkti, avtomobil yoʻllari tuguni. Mamlakatning muhim sanoat … Читать далее

BIN

BIN (Bean) Alan (1932.15.3. Uiler sh.,) — AQSH astronavti, Harbiy dengiz kuchlarining isteʼfodagi 1rang kapitani. «Apollon12» kosmik kemasida parvoz qilib, Oy sirtiga tushgan (1969, noyab.), «Apollon»da, «Skayleb» odbital st-yasida parvoz qilgan (1973, iyul — sent.). Пост Навигацияси

VILGELMSXAFEN

VILGELMSXAFEN (Germaniya imperatori Vilgelm I nomi va nem. xafen — gavan, port soʻzidan) — GFR dagi shahar, Quyi Saksoniya yerida. Aholisi qariyb 91 ming kishi. Shim. dengiz sohilidagi, Ems-Yade kanalining quyilish joyidagi port (yuk ortish va tushirish yiliga 20 mln. t chamasida). Mamlakatning chetdan neft qabul qilib oladigan muhim bandargohi (Vesseling sh. ga 360 km … Читать далее

VELLINGTON

VELLINGTON, Uellington (Wellington) — Yangi Zelandiya poytaxti, Shimoliy o. ning jan. da, Tinch okeanning Port-Nikolson qoʻltigʻini oʻrab turuvchi togʻ yon bagʻrida joylashgan. Iklimi subtropik dengiz iqlim, yanv. ning oʻrtacha t-rasi 16°, iyulniki 8°, yillik yogʻin qariyb 1445 mm. Tez-tez zilzila boʻlib turadi. Aholisi 335,5 ming kishi (1996). Dengiz porti (yuk ortish va tushirish 15 mln. … Читать далее

BOʻSHLIQICHLILAR

BOʻSHLIQICHLILAR, kovakichlilar (Coelenterata) — tuban tuzilgan suvda yashovchi umurtqasiz hayvonlar tipi. Boʻshliqichlilar eng kad. koʻp hujayralilar, vend davridan maʼlum. Koʻpchilik turlari dengizlarda yakka yoki koloniya boʻlib yashaydi. Dengiz B. ning hayot siklida oʻtroq yashovchi polip va erkin suzib yuruvchi meduza davrlari gallanib turadi (metagenez). Ayrim Boʻshliqichlilar (gidralar, korall poliplar) ning meduza davri boʻlmaydi, baʼzi ssifomeduzalar … Читать далее

VONSAN

VONSAN — KXDRdagi shahar, Kanvondo provinsiyasining maʼmuriy markazi. Mamlakat sharqidagi, Yapon dengizi sohilidagi yirik dengiz porti va baliq ovlash bazasi. Aholisi 274 ming kishi (1989). T. y. tuguni. Mashinasozlik (jumladan kemasozlik va vagonsozlik) z-dlari, oziq-ovqat, koʻn, sellyuloza, kimyo, toʻqimachilik, rangli metallurgiya korxonalari, bir qancha oliy oʻquv yurtlari va ilmiy tadqiqot in-tlari bor. Loading… Пост Навигацияси … Читать далее

BOʻR SISTEMASI

BOʻR SISTEMASI (DAVRI) — Yer tarixi mezozoy erasining uchinchi (oxirgi) davri; yuradan keyingi va kaynozoy gruppasining paleogen sistemasidan oldingi davrni oʻz ichiga oladi. Boʻr sistemasi yuqori boʻlimi yotqiziqlarida keng tarqalgan oqboʻr nomi bilan atalgan. Radiologik metodlar natijasiga koʻra 140 mln. yil avval boshlangan va 76 mln. yilcha, paleogen davrigacha davom etgan (q. Geoxronologiya). 1822-y. belgiyalik … Читать далее

BERING DENGIZI

BERING DENGIZI — Tinch okean shim. dagi yarim berk dengiz. Tinch okeanidan Aleut, Komandor orollari ajratib turadi. Mayd. 2315 ming km2. Eng chuqur joyi 5500 m, shim. da 200 m. dan kam. Kirgʻoqlarining aksari qismi baland va tik yon bagʻirli qoyalardan iborat. Buxta va qoʻltiq koʻp. Eng katta qoʻltiqlari: Anadir, Olyutorka (RF sohilida), Norton, Bristol … Читать далее

BEKOVICH-ChERKASSKIY HARBIY YURISHI

BEKOVICH-ChERKASSKIY HARBIY YURISHI (1714-17) Rossiya hukmdori Petr I tomonidan Amudaryoning quyi oqimi sohiliga uyushtirilgan harbiy yurish. Harbiy yurishga Bekovich-Cherkasskiy rahbar boʻladi. Uning asl ismi Davlat Kizden (Girey) mirza, choʻqintirilgach, Aleksandr Bekovich-Cherkasskiy nomini olgan. 1714-y. katga qoʻshin bilan Xiva va Buxoro xonliklarini bosib olish uchun joʻnatiladi. Turkman elchisi Xojanafas 1713-y. Astraxonda boʻlganida rus maʼmurlariga Xiva yaqinidagi … Читать далее

BOʻR

BOʻR — boʻsh sementlangan choʻkindi togʻ jinsi. Boʻr boʻr davri iliq dengiz havzalarining 30—500 m va undan chuqurroq joylarida kokkolitoforid (70 — 90%) va foraminifera (20% gacha) mikroorganizmlari qoldiqlaridan hosil boʻlgan. Rangi oq. Gil va qum qoʻshimchalari Boʻrga sargʻish yoki kulrang tuye beradi. Boʻrda kremniy, pirit va fosforit gʻuddalari uchraydi. Kamdankam Boʻrda mollyuskalar chigʻanoqlari, mshanka, … Читать далее