BEKOVICH-ChERKASSKIY HARBIY YURISHI

BEKOVICH-ChERKASSKIY HARBIY YURISHI (1714-17) Rossiya hukmdori Petr I tomonidan Amudaryoning quyi oqimi sohiliga uyushtirilgan harbiy yurish. Harbiy yurishga Bekovich-Cherkasskiy rahbar boʻladi. Uning asl ismi Davlat Kizden (Girey) mirza, choʻqintirilgach, Aleksandr Bekovich-Cherkasskiy nomini olgan. 1714-y. katga qoʻshin bilan Xiva va Buxoro xonliklarini bosib olish uchun joʻnatiladi. Turkman elchisi Xojanafas 1713-y. Astraxonda boʻlganida rus maʼmurlariga Xiva yaqinidagi Erket mavzeida oltin koni borligini aytadi. 1716-y. 14 fevda Bekovich-Cherkasskiy Petr I dan quyidagicha topshiriq oladi: Amudaryo eski oʻzanini tekshirib, uning qumida oltin boryoʻkdigini aniqlash; Amudaryoning Orolga quyilish joyida istehkom qurish; Xiva va Buxoro xonlarini rus tobeligiga oʻtkazish; Hindistonga boradigan savdo yoʻlini oʻrganish. Petr I Bekovich-Cherkasskiy ixtiyoriga 4000 nafarli muntazam qoʻshin, 2000 nafarli yoyiq kazagi, bir necha dengiz zobiti, 2 muhandis, 2 savdogarni topshiradi. Bekovich-Cherkasskiy Astraxonda turib, Xiva xonligi shim. chegaralarini oʻrganadi; Kaspiy dengizi xaritasini tuzadi. Evaziga gvardiyachi kapitan unvoniga erishadi. 1717-y. bahorida Bekovich-Cherkasskiy mayor Tevkeleyevni Eron va Hindistonga josus qilib joʻnatadi; oʻzi esa oʻn mingli koʻshin bilan Xiva xonligiga yurish kiladi. Xivadan 120 chaqirimcha boʻlgan Qayragʻoch darasida Shergʻozixonga 24 minglik qoʻshini bilan toʻqnashadi. Uch kunlik jangda har ikki tomon katga talofat koʻradi. Xon Bekovich-Cherkasskiyni muzoqara yuritish uchun Xivaga boshlaydi. Xivada xon dushmanni gʻaflatda qoldirish maqsadida muhim harbiy strategik hiyla — rus qoʻshinlarini besh shaharga boʻlib yuborishni taklif qiladi. Rus qoʻshinlari boʻlib yuborilgach, sarbozlar ularga tashlanib, barchasini qilichdan oʻtkazadilar. Omon qolganlari borib, fojiani rus maʼmurlariga yetkazadilar. Xiva xoni Bekovich-Cherkasskiyni 1717-y. 29 avgda katl etadi.

Shu tarzda uning harbiy yurishi barbod boʻladi.

Ad.: Poslannik Petra 1 na Vostoke. Posolstva Florio Bsnevenk v Persiyu i Buxaru v 1718 1725 gg., M., 1986.

Naim Norqulov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x