VELLINGTON

VELLINGTON, Uellington (Wellington) — Yangi Zelandiya poytaxti, Shimoliy o. ning jan. da, Tinch okeanning Port-Nikolson qoʻltigʻini oʻrab turuvchi togʻ yon bagʻrida joylashgan. Iklimi subtropik dengiz iqlim, yanv. ning oʻrtacha t-rasi 16°, iyulniki 8°, yillik yogʻin qariyb 1445 mm. Tez-tez zilzila boʻlib turadi. Aholisi 335,5 ming kishi (1996). Dengiz porti (yuk ortish va tushirish 15 mln. t). Chetga goʻsht, jun, yogʻ, sut mahsulotlari, me-valar, q. x. mashinalar i chiqariladi, chetdan sanoat mahsulotlari, bugʻdoy, choy, kofe, kakao keltiriladi. Xalqaro aeroport bor. Mamlakatning muhim iqtisodiy va madaniy markazi. Oziq-ovqat, mashinasozlik, metallurgiya, yogʻochsozlik, qogʻoz, yengil sanoat korxonalari mavjud. Un-t, politexnika in-ti, Yangi Zelandiya Qirollik jamiyati, Yangi Zelandiya nafis sanʼat akademiyasi, milliy rasmlar galereyasi, milliy muzey, teatrlar va botanika bogʻi bor. Shaharga ingliz mustamlakachilari tomonidan 1840-y. da asos solingan. Ingliz davlat arbobi, gersog A. Vellington (1769—1852) nomi bilan atalgan. 1865-y. dan poytaxt.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x