VILGELMSXAFEN

VILGELMSXAFEN (Germaniya imperatori Vilgelm I nomi va nem. xafen — gavan, port soʻzidan) — GFR dagi shahar, Quyi Saksoniya yerida. Aholisi qariyb 91 ming kishi. Shim. dengiz sohilidagi, Ems-Yade kanalining quyilish joyidagi port (yuk ortish va tushirish yiliga 20 mln. t chamasida). Mamlakatning chetdan neft qabul qilib oladigan muhim bandargohi (Vesseling sh. ga 360 km ga neft quvuri tortilgan). Mashinasozlik (jumladan hisoblash mashinalari, kemasozlik), rangli metallurgiya, neftni qayta ishlash, kimyo, tikuvchilik, toʻqimachilik, yogʻochsozlik sanoati korxonalari bor. Baliqovlash markazi. Shaharga 1853-y. da harbiy dengiz bazasi sifatida asos solingan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x