VALPARAISO

VALPARAISO (isp. —jannat vodiy-si) — Chili markazidagi shahar. Akonkagua viloyati maʼmuriy markazi. Aholisi 290 mingdan ziyod kishi (1990-y. lar oʻrtalari). Mamlakatning Tinch okean sohilidagi eng katta porti (import mollarining yarmidan koʻprogʻi, eksport tovarlarining ancha qismi Valparaiso orqali oʻtadi). Transkontinental (Buenos-Ayres — Santyago — V.) t. y. ning soʻnggi punkti, avtomobil yoʻllari tuguni. Mamlakatning muhim sanoat markazi. Mashinasozlik, toʻqimachilik, metallsozlik va yogʻochsozlik, koʻn poyabzal, oziq-ovqat, sement, poligrafiya, kimyo sanoati rivojlangan. Neft haydash, choʻyan quyish va kema remonti z-dlari mavjud. Un-t, politexnika in-ti, dengizchilik akademiyasi, muzey bor. Shaharda tez-tez yer qimirlab turadi. Chilining muhim harbiy dengiz bazasi. Valparaisoga 1536-y. da asos solingan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x