BALXASH

BALXASH — Qozogʻiston Respublikasi sharqidagi koʻl. BalxashOlakoʻl soyligida, dengiz sathidan 340 m balandda. Maydoni suvi koʻpayganda 22 ming km2, ozayganda 17 ming km2 boʻladi. Uz. 605 km, oʻrtacha eni 41 km, eng keng joyi 74 km, eng tor joyi 8,5 km. Balxash shim.sharqdan jan.-gʻarbga qarab yarim oy shaklida choʻzilgan. Suv hajmi 112 km3. Havzasining mayd. … Читать далее

VATTLAR

VATTLAR (nem. — Watten, gollandcha — wadden — sohil sayozliklari) — Boltiq, Oxota, Irlandiya dengizlari, Shimoliy dengiz va Oqdengizda, AQSH ning Atlantika okeani sohilida dengiz sathi koʻtarilganda suv bosadigan va dengiz suvi pasayganda ochilib qoladigan joylar. Dengiz suvi koʻtarilganda oqindi choʻkaverib, Vattlar asta-sekin koʻtarila boradi. Vattlar yer yuzasi oʻrnini teztez oʻzgartirib turuvchi novlar va dare … Читать далее

BRUNEY

BRUNEY, BruneyDorussalom (Brunei Darussalam) — Jan. sharqiy Osiyodagi davlat. Kalimantan o. ning shim. da joylashgan. Mayd. 5,8 mingkm2, aholisi 300 ming kishi (1996). Poytaxti — BandarSeriBegavan sh. Maʼmuriy jihatdan 4 okrugga boʻlinadi. Davlat tuzumi. Bruney — konstitutsiyali monarxiya (sultonlik). Hamdoʻstlik tarkibiga kiradi. Amaldagi konstitutsiya 1959-y. 29 sent. da qabul qilingan. Davlat boshligʻi — sulton. Mamlakatdagi … Читать далее

BRISBEN

BRISBEN, Brisbeyn — Avstraliya Ittifoqining sharqidagi shahar. Tinch okean sohilida. Kvinslend shtatining maʼmuriy markazi. Aholisi shahar atrofi bilan birga 1,5 mln. kishi (1996). Brisben daryosi Morton qoʻltigʻiga quyiladigan joydagi dengiz porti. T. y. va avtomobil yoʻllari tuguni. Mamlakatning industriya va madaniy markazlaridan. Shtatdagi sanoat korxonalarining deyarli yarmi Brisbenda toʻplangan. Metallurgiya, neftni qayta ishlash, kimyo, mashinasozlik … Читать далее

BOFORT DENGIZI

BOFORT DENGIZI — Shim. Muz okeanining Shim. Amerika sohilidagi chekka dengizi. Barrou burni bilan Banks va PrinsPatrik olari oʻrtasida. Mayd. 481 ming km2, eng chuqur joyi 3749 m, oʻrtacha chuq. 1004 m. Koʻp qismi materik sayozligida joylashgan. Bofort dengiziga Makenzi daryosi quyiladi, dengiz yil boʻyi muz b-n qoplanib yotadi. Ingliz admirali F. Bofort (1774—1857) nomi … Читать далее

VIVARIY

VIVARIY (lot. vivus — jonli) — turli hayvonlar, aksariyat tajriba-eksperimental ishlarda foydalaniladigan hayvonlar asraladigan bino, hayvonxona. Vivariydan hayvonlarni koʻpaytirish pitomnigi tarzida foydalanish ham mumkin. Odatda, Vivariy larda it, mushuk, quyon, sichqon, dengiz choʻchqasi va b. saklanadi. Vivariy tarkibiga akvarium, insektoriy, terrarium, qushlar uchun volyerlar ham kirishi mumkin. Пост Навигацияси

VEST-INDIYA

VEST-INDIYA (ing. West Indies – aynan Gʻarbiy Hindiston) — Atlantika okeanining Karib dengizida joylashgan bir necha ming orolning umumiy nomi. Shim. va Jan. Amerika materiklari oraligʻida. Bagama o. larini, Katta va Kichik Antil o. lari (q. Anshil orolpari) va b. orollarni oʻz ichiga oladi. Shim. Amerikaga mansub. Umumiy mayd. 240 ming km2 ga yaqin. Aholisi … Читать далее

BORJOMI

BORJOMI — Gruziyadagi shahar. Kura va Borjomi daryolari qoʻshiladigan yerda, dengiz sathidan taxm. 800 m balandlikda. Aholisi 19,6 ming kishi (1999). Yozi issiq (iyulning oʻrtacha t-rasi 19°), qishi moʻtadil (yanv. ning oʻrtacha t-rasi — 3°); yiliga 595 mm yogʻin tushadi. Yirik balneologik va iqlimiy kurort, t. y. tuguni. Borjomida mineral suvni boshqa shaharlarga yuborish uchun … Читать далее

VENDETTA

VENDETTA (ital. vendetta — oʻch olish) — Sardiniya va Korsika o. larida oʻldirilgan qarindosh urugʻlari uchun qonli oʻch (xun) olish odati (udumi). Oʻrta dengizda hukmronlik qilishga intilgan Shim. Afrikadagi qabilalar va dengiz qaroqchilarining bosqinchilik yurishlaridan eng koʻp aziyat chekkan Korsika o. aholisi oʻzida jangovarlik va mustahkam oila tuzumi asoslarini saqlab qolgan. Shu tufayli Korsika Vendettasi … Читать далее

BOYSUNTOGʻ

BOYSUNTOGʻ — Hisor togʻ tizmasining eng uzun jan. gʻarbiy tarmogʻi. Surxondaryo viloyatining asosan Boysun, qisman Sariosiyo tumanlari hududida joylashgan. Shim. sharkdan jan. gʻarbga 150 km ga choʻzilgan. Eng baland joyi — 4425 m (Xoʻjapiryox togʻi). B. ning ayrim qismlari turli nomda ataladi: (shim. sharqdan jan. gʻarbga) Qushtang (3723 m), Ketmonchopti, Sarimas (1886 m), Suvsiztogʻ (2124 … Читать далее