AUSTENIT

AUSTENIT — temir-uglerod qotishmalarining tarkibiy tuzilmalaridan biri. uglerodning u-temirdagi qattiq eritmasi. Ingliz tadqiqotchisi R. Austen (1843—1902) nomiga qoʻyilgan. Uglerodli poʻlatlarda Austenit odatda 727° dan (kritik nuqtadan) yuqori t-radagina barqaror boʻladi, ammo asta-sekin sovitib borilsa, t-ra 727° ga yetganda ferrit va sementitga, yaʼni perlitga parchalanadi. Austenitning kristall panjarasi qirralari markazlashgan kub, panjara parametrlari Austenit tarkibidagi uglerod … Читать далее

BROYLER

BROYLER (ing. broiler, broil — olovda qovurish) — tez yetiladigan va yuqori sifatli gusht beradigan goʻshtdor joʻja. 6—9 hafta boqilib tirik vazni 1,5—2 kg boʻlganda suyiladi. Goʻshti yumshoq, mazali. Broyler goʻshtidan parhez taomlar tayyorlanadi. Broyler olish uchun joʻja qisqa muddatda yetarli darajada semirtiriladi. Buning uchun ogʻir vaznli va tez yetiladigan «kornish», «oq plimutrok», «Susseks», «nyugempshir» … Читать далее

VODOROD

VODOROD BROMID, NVg — vodorod b-n brom birikmasi, rangeiz, havoda tutaydigan boʻgʻuvchi gaz; qaynash t-rasi — 66,7°, suyuqlanish t-rasi — 86,9°; suvda yaxshi eriydi. Suvdagi eritmasi (bromid kislota) oʻtkir hidli, rangsiz suyuqlik, juda kuchli anorganik kislotalardan biri. Havoda asta-sekin oksidlanadi. Kuchli qaytaruvchi. Vodorod sanoatda yuqori t-rada platina yoki aktivlangan koʻmir yordamida brom bugʻi bilan vodorodni … Читать далее

AUDIYENSIYA

AUDIYENSIYA (lot. audentia — tinglash, quloq solish) — davlat va jamoat arboblari tomonidan chet el diplomatik vakillarining rasmiy qabul qilinishi. Xalqaro huquqda Audiyensiya — davlat boshligʻining diplomatik vakilni qabul qilishi. Bir davlat vakilining oʻz ishonch yorligʻini yoki chaqirib olish yorligʻini topshirishi ham Audiyensiya dir. 1815-y. 19-martda Venada diplomatik vakillar toʻgʻrisida qabul qilingan reglamentga muvofiq bevosita … Читать далее

VOBKENT MINORASI

VOBKENT MINORASI — Buxoro viloyati Vobkent sh. dagi meʼmoriy yodgorlik (12-a.). Oʻn ikki qirrali supa asosga oʻrnatilgan gʻoʻla (quyi qismining diametri 6,19 m, yuqori qisminiki — 2,81 m) shaklida rangdor, pishiq gʻishtlardan qurilgan. Bir paytlar yonida mavjud boʻlgan masjid tomonidan kirib, yuqoriga aylanma zinapoya orqali chiqilgan. Boʻrtma naqshli 10 belbogʻ bilan qismlarga ajratilgan, har bir … Читать далее

BRITANIYA KOLUMBIYASI

BRITANIYA KOLUMBIYASI — Kanada gʻarbidagi provinsiya. Mayd. 947,8 ming km2. Aholisi 3,0 mln. kishidan ziyod (1990-y. lar oʻrtalari). Maʼmuriy markazi — Viktoriya sh. B. K. Tinch okean sohili boʻylab joylashgan. Tarkibiga Vankuver, Qirolicha Sharlotta va b. orollar ham kiradi. Relyefi togʻli (Qoyali togʻlar, Kordilyera togʻi tizmalari va b.). Sohil qismida iqlimi yumshoq, sernam, togʻlarda sovuq, … Читать далее

VLADIGEROV

VLADIGEROV Pancho (1899.1.3, Syurix — 1978, Sofiya) — bolgar kompozitori, pianinochi, dirijyor va pedagog. Bolgariya xalq artista (1949). Mil-liy kompozitorlik maktabining yirik vakili. Ijodida bolgar musiqa folkloridan keng foydalangan, zamonaviy bolgar musiqasining qator janrlari (konsert, sonata, fortepiano musiqasi va b.)ga asos solgan. Romantik, koʻtarinki ruh b-n sugʻorilgan musiqiy obrazlariing yorqinligi, garmoniyaning nafisligi, orkestr vositalarining boyligi … Читать далее

ATROPIN

ATROPIN (Atropinum) — mingdevona, bangidevoma, eshakmiya oʻsimliklaridan olinadigan alkaloid. Meʼda va oʻn ikki barmoq ichak yarasi, pilorospazm. xoletsistit, oʻt-tosh kasalligi, ichak va siydik yoʻllari spazmi, bronxiol astmaga, soʻlak, meʼda, bronxlar bezlari sekretsiyasi koʻpayganda, adashgan nerv qoʻzgʻaluvchanligi oshib ketishi natijasida yuzaga keladigan bradikardiya, atrioventrikulyar blokadada atropin sulfat koʻrinishida ishlatiladi.

BRIZ

BRIZ (frans. brise — shabada) — dengizlar, katta koʻllar, baʼzi yirik daryolar sohilida sutkada davriy oʻzgarib turadigan shamollar. Briz quruqpikning suvga qaraganda kunduzi tez isib, kechasi tez sovishi natijasida, quruqlik bilan suv ustidagi havoning t-rasi va bosimida tafovut paydo boʻlishi oqibatida vujudga keladi. Briz kunduzi suvdan quruqlikka, kechasi esa, aksincha, quruqlikdan suvga qarab esadi va … Читать далее

VITSE…

VITSE… (lot. vice — oʻrniga) — qoʻshma soʻzning tarkibiy qismi boʻlib, yordamchi, oʻrinbosarlik lavozimi maʼnosi ifodasini anglatadi (mas., vitse-prezident, vitse-admiral). Loading… Пост Навигацияси Previous PostVITRUVIY Next PostVISHAPLAR