ATOM YADROLARI IZOMERIYASI

ATOM YADROLARI IZOMERIYASI — baʼzi atom yadrolarining nisbatan uzoq yashash vaqtiga ega uygʻongan (metastabil) holatlarda boʻlish hodisasi. Bu hodisani 1921-y. da nemis olimi O. Gann va PaB4(uz) izotoplarida kuzatgan. Bu ikki izotop oʻzidan JS-zar-ra chiqarib, bir xil izotop U234ga aylangan, ammo ularning yarim r-yemirilish davri har xil boʻlib, UZ uchun 6,66 soat, UX2 uchun 1,175 … Читать далее

BREST

BREST — Fransiyaning shim. gʻarbidagi shahar. Aholisi 148 ming kishi dan ziyod (1996). Atlantika okeani boʻyidagi yirik savdo markazi va dengiz arsenali. Mashinasozlik, jumladan kemasozlik, toʻqimachilik, kimyo, oziqovqat sanoati korxonalari, dengizchilik maktabi, ratusha, birja, teatr bor. Пост Навигацияси

ATOM DVIGATELI

ATOM DVIGATELI, yadro dvigateli — atom yadrolarining parchalanish reaksiyasi natijasida reaktorda ajralib chiqadigan issiqlik energiyasini mexanik yoki elektr energiyaga aylantirib beradigan issiqlik dvigateli. A. d. transport vositalarida, suv osti kemalarida, atom muzyorarlarida qoʻllaniladi (q. Yadro kuch kurilmasi).

BRAHMI

BRAHMI — qad. boʻgʻinli hind yozuvlaridai biri. Mil. av. 3-a. da yuzaga kelgan. Hindiston va Hindixitoy [Myanma (Birma), Shri Lanka va b. ] dagi hoz. koʻpgina yozuvlarga asos boʻlgan. Bu yozuvdagi yodgorliklar buddiylikka oid oliy farmonlar boʻlib, shoh Ashok (mil. av. 272—232) davriga mansub. Bularning koʻpchiligi qoyalarga va ibodatxonalarning ustunlariga oʻyib bitilgan. Brahmining kelib chiqishi … Читать далее

BRAUN Vladimir Fyodorovich

BRAUN Vladimir Fyodorovich (1947.16.4, Perm viloyati Solikamsk sh.) — opera xonandasi (dramatik bariton). Oʻzbekiston xalq artisti (1986). Odessa konservatoriyasini tugatgach (1977), Novosibirsk opera va balet teatri, 1979—91 y. larda A. Navoiy nomidagi opera va balet teatri yakkaxoni. Rigoletto, Amonasro, Yago (J. Verdi, «Rigoletto», «Aida», «Otello»), Eskamilyo (J. Bize, «Karmen»), Tomskiy (P. Chaykovskiy, «Qargʻa motkasi»), Igor … Читать далее

VISMUT RUDALARI

VISMUT RUDALARI — vismut olinadigan birikmalar. Sof tugʻma vismut, vismutin, tetradimut, kozalit, bismit, bismutit minerallaridan tashkil topadi. Qalay, volfram, mis, qoʻrgʻoshin va b. metallarning rudalari bilan koʻpincha birga uchraydi. Dunyoda olinadigan vismutning 90% tarkibida vismut boʻlgan qoʻrgʻoshin, rux, mis, qalay rudalari va konsentratlarining metallurgiyada qayta ishlanishidan olinadi. Rudalarda vismutning mikdori 0,01, baʼzan 0,1%. Vismut olinadigan … Читать далее

ATMOSFERA FRONTLARI

ATMOSFERA FRONTLARI — meteorologik elementlari har xil boʻlgan ikki havo massasini ajratuvchi zonalar. Atmosfera frontlarida meteorologik elementlar gorizontal yoʻnalishda keskin oʻzgaradi. Yer yuzasiga yaqin qatlamda oʻtish zonasining eni, odatda, 100 km dan oshmaydi. Atmosfera frontlari yer sirtiga nisbatan qiya yoʻnalib, salqin havo zichroq boʻlganligi uchun iliq havo ostiga pona shaklida kiradi, Yerga nisbatan juda yotiq, … Читать далее

ATLAS PILLA

ATLAS PILLA — pachoq pilla turlaridan biri. Atlas pillaning sirti tekis (silliq), qisman botiqroq. Uning dasta qisgan oʻrinlarida botiq yerlari bilinmay qoladi. Shu belgilariga koʻra navlarga boʻlinadi. Sirtidagi buzilgan joylari 5 mm gacha boʻlsa birinchi, 10 mm gacha boʻlsa ikkinchi, 15 mm gacha boʻlganlari esa uchinchi navga kiradi. 15 mm dan ortiq buzilgan joyi boʻlgan … Читать далее

BRAKERAJ

BRAKERAJ (rus. brakdan) , mol nazorati — tovarning sifati, bezatilishi va transportbop qilib oʻralishi, belgilangan standart yoki shartnoma shartlariga moye kelishini tekshirish. Brakeraj maxsus davlat tashkilotlari (rasmiy tovarshunoslar) yoki hakam brokerpar tomonidan bajariladi. Пост Навигацияси