AUSTENIT

AUSTENIT — temir-uglerod qotishmalarining tarkibiy tuzilmalaridan biri. uglerodning u-temirdagi qattiq eritmasi. Ingliz tadqiqotchisi R. Austen (1843—1902) nomiga qoʻyilgan. Uglerodli poʻlatlarda Austenit odatda 727° dan (kritik nuqtadan) yuqori t-radagina barqaror boʻladi, ammo asta-sekin sovitib borilsa, t-ra 727° ga yetganda ferrit va sementitga, yaʼni perlitga parchalanadi. Austenitning kristall panjarasi qirralari markazlashgan kub, panjara parametrlari Austenit tarkibidagi uglerod miqdoriga qarab oʻzgaradi va 3,63 dan 3,68 A gacha boʻladi. 1147° da u-temirda eng koʻp miqdorda (2,14%) uglerod eriydi, binobarin, shu t-rada Austenit tarkibida 2,14% uglerod boʻladi. T-ra pasaygan sari, Austenit tarkibidagi uglerod miqdori kamaya borib, 727°da 0,8% ni tashkil etadi. Austenit yumshoq va plastikdir.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x