BRYUSSEL KARAMI

BRYUSSEL KARAMI (Brassica oleracea var. Gemmifera) — krestguldoshlar oilasiga mansub ikki yillik sabzavot ekini. Gʻarbiy Yevropada, ayniqsa Buyuk Britaniyada koʻp ekiladi. Poyasi tik oʻsadi, yuqori qismida bandli sillis barglar chiqaradi, barg qoʻltigʻida (diametri 2—2,5 sm li 90 tagacha) mevaboshchalar hosil qiladi. Keyingi yili uchki kurtaklari va yon novdalaridan gul novdalar chiqaradi hamda urugʻli qoʻzoq meva … Читать далее

AFRIKA TARAQQIYOT BANKI

AFRIKA TARAQQIYOT BANKI (African Development Bank) — Afrika mamlakatlarining iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish dasturlarini kredit bilan taʼminlaydigan davlatlararo mintaqaviy bank. 1963-y. da tashkil etilgan. 1967-y. dan boshlab faoliyat olib boradi. Boshqaruvi Abidjon sh. da (Kot-dʻIvuar Respublikasi). Unga Afrikaning 50 mamlakati, boshqa mintaqalardan 25 mamlakat aʼzo (shu jumladan Yugoslaviya, Xitoy). 1980-y. lar oxirida ustav kapitali 6,5 … Читать далее

BRUSYA

BRUSYA — gimnastika asbobi, toʻrtta yogʻoch poyaga oshiqmoshiq bilan mustahkamlangan 2 gorizontal yogʻoch (metall yoki shisha plastikadan ishlangan sterjenli) jerdtayoqchadan iborat sport snaryadi. Erkaklar parallel Brusyada, ayollar esa pastbaland Brusyada musobaqalashadilar. Brusyada erkaklarning mashklari 1896-y. dan, ayollarning mashklari esa 1952-y. dan Olimpiya musobaqalari dasturiga kiritilgan. Пост Навигацияси

VOLIN VILOYATI

VOLIN VILOYATI — Ukrainaning shim.-gʻarbidagi viloyat. 1939-y. 4 dek. da tuzilgan. Mayd. 20,2 ming km2. Aholisi 1071 ming kishi (1999), shaharliklar 49%. 11 shahar, 21 shaharcha bor. Markazi — Lusk sh. Volin viloyatining koʻp qismi Polesye pasttekisligida, ozroq (jan.) qismi Volin qirlarining shim.-gʻarbida joylashgan. Foydali qazilmalari: toshkoʻmir, torf, boʻr, gil, qum, ohaktosh, mergel. Iqlimi moʻtadil … Читать далее

AFELIY

AFELIY (apo… va yun. helios — Kuyosh) — Quyosh atrofida aylanuvchi sayyora, kometa yoki biror kosmik jism orbitasining Quyoshdan eng uzoq nuqtasi. Afeliyda Quyoshdan Yergacha boʻlgan masofa 152 mln. km (iyul boshlarida).

AUTRAYT

AUTRAYT (ing. outright) — oddiy muddatli valyuta bitimi. Toʻlovlarni tomonlar qatʼiy belgilagan muddatlarda «forvard» kursi (narxlar oʻzgarishini hisobga olgan holda) boʻyicha toʻlashni nazarda tutadi.

VOZIH

VOZIH (taxallusi; asl ismi Mirzo Shafiy Sodiq oʻgʻli) (1796, Ganja — 1852.28.11, Tiflis) — ozarbayjon shoiri, maʼrifatparvari. Fazal, masnaviy, ruboiy janrlarida ijod qilgan. Hajviy sheʼrlar yozgan. Ularda jamiyat nuqsonlarini fosh qilgan, shaxs erkinligi uchun kurashga chaqirgan. Ommani maʼrifatga daʼvat etgan. Koʻpgina lirik sheʼrlari xalq qoʻshiqlariga aylanib ketgan. Vozihning «Zulayho va Hafiza», «Tiflis bilan vidolashuv» kabi … Читать далее