BROYLER

BROYLER (ing. broiler, broil — olovda qovurish) — tez yetiladigan va yuqori sifatli gusht beradigan goʻshtdor joʻja. 6—9 hafta boqilib tirik vazni 1,5—2 kg boʻlganda suyiladi. Goʻshti yumshoq, mazali. Broyler goʻshtidan parhez taomlar tayyorlanadi. Broyler olish uchun joʻja qisqa muddatda yetarli darajada semirtiriladi. Buning uchun ogʻir vaznli va tez yetiladigan «kornish», «oq plimutrok», «Susseks», «nyugempshir» kabi sergoʻshtsertuxum va sergoʻsht zotli tovuq joʻjalaridan, zotlararo va liniyalararo chatishishdan olingan duragay joʻjalardan foydalaniladi. Shuningdek oʻrdak (8 haftalik), gʻoz va sesarka (12 haftalik), kurka (19 haftalik) joʻjalarini goʻshtga boqish ham Broyler deyiladi. Oʻzbekistonda Broyler davlat naslchilik xoʻjaliklarida, parrandachilik fkalarida yetishtiriladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x