AUDIYENSIYA

AUDIYENSIYA (lot. audentia — tinglash, quloq solish) — davlat va jamoat arboblari tomonidan chet el diplomatik vakillarining rasmiy qabul qilinishi. Xalqaro huquqda Audiyensiya — davlat boshligʻining diplomatik vakilni qabul qilishi. Bir davlat vakilining oʻz ishonch yorligʻini yoki chaqirib olish yorligʻini topshirishi ham Audiyensiya dir. 1815-y. 19-martda Venada diplomatik vakillar toʻgʻrisida qabul qilingan reglamentga muvofiq bevosita davlat boshligʻidan Audiyensiya surashga faqat muxtor elchi darajasidagi vakilninggina huquqi bor. Muvaqqat ishlar vakili va b. darajali diplomatik vakillar Audiyensiya haqida shu davlat tashki ishlar vaziri orqali iltimos qilishi mumkin.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x