MAʼMURIY-HUDUDIY TUZILISH

MAʼMURIY-HUDUDIY TUZILISHunitar davlat hududi yoki federativ davlat subyektlari hududining maʼlum qismlar (viloyatlar, guberniyalar, de-partamentlar va sh. k.)ga boʻlinishi. Mahalliy davlat hokimiyati organlari tizimi ana shu boʻlinishga muvofiq tuziladi va ish olib boradi. Bunday boʻlinish idora etishning kulay, davlat organlariga aholikg. ng yaqin boʻlishini, i. ch. ni samarali tashkil qilishni nazarda tutib amalga oshiriladi. U, odatda, mazkur davlatning tabiiytarixiy, milliy va ijtimoiyiqtisodiy xususiyatlarini aks ettiradi. M.-h. t. ikki boʻgʻinli (AQSH), uch boʻgʻinli (Buyuk Britaniya, Fransiya), toʻrt boʻgʻinli (GFR) boʻlishi mumkin. Juda kichik davlatlarda (Malta, Bahrayn) umuman M.-h. t. yoʻq.

Oʻzbekiston Respublikasi hududi Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, tuman, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar va ovullardan iborat. Shaharlar respublika miqyosidagi shahar (Toshkent sh.), viloyat tarkibidagi shaharlar, tuman tarkibidagi shaharlarga boʻlinadi. Tumanlar viloyat tarkibidagi tumanlarga va shahar tarkibidagi tumanlarga boʻlinadi (yana q. Oʻzbekiston Respublikasining maʼmuriyhududiy tuzilishi).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x