MATEMATIK OʻYINLAR VA ERMAKLAR

MATEMATIK OʻYINLAR VA ERMAKLAR — matematik taxlil, topqirlik, oʻtkir zehnlilik talab qiladigan topshiriq yoki boshqotirmalar. Predmetli (Rubik kubchasi), yozibchizib (qalamni qogʻozdan uzmay shakl chizish) yoki ogʻzaki oʻynaladigan turlari mavjud. Faqat bir taraf katna-shadigan topshiriqlarni matematik ermaklar, ikki yoki undan ortiq taraf qatnashadiganlarni esa matematik oʻyinlar deb yuritish maqsadga muvofiq.

Matematik oʻyinlar va ermaklar va e. bolalarning akliy qobiliyatlarini oʻstirish, kattalarning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish, oʻquv qurollari sifatida ahamiyatga ega. Namunalari qadim zamonlardan maʼlum. Xalq orasida tarqalgan toshchalar, soqqalar b-n oʻynalgan sodda oʻyinlarni takomillashtirish natijasida shaxmat, shashka, nard, domino va b. paydo boʻlgan. Tangram (Xitoy) (1rasm), go (Yaponiya) kabi oʻyin va ermaklar koʻp asrlik tarixga ega. Amir Temur saro-yida shaxmatning bir necha turi oʻynalgani maʼlum.

19-a. dan Matematik oʻyinlar va ermaklar va e. ixtiro qilina boshlagan. Ayniqsa, «15» oʻyini deb ataladigan oʻyin mashhur boʻlgan. Bu oʻyinda 4×4 oʻlchamli katakdagi raqamlangan 15 ta soqqani 1 ta boʻsh katakka surish yoʻli b-n batartib terib chiqish talab etiladi (2rasm). 20-a. ning soʻnggi choragida vengriyalik ixtirochi E. Rubikning 6 rangli kubchasi keng tarqaldi. Unda kubchaning yoqlarini markazi atrofida aylantirib, hamma yogʻi bir xil rangda boʻladigan holatga keltirish talab etiladi. E. Rubik yana 10 dan ortiq boshqotirma ixtiro qilgan. Bugungi kunda Matematik oʻyinlar va ermaklar va e. ishlab chiqarishning yirik sohalaridan biriga aylanib, boshqotirmalar boʻyicha jahon chempi-onatlari oʻtkazila boshladi.

Matematik oʻyinlar va ermaklar va e. matematika vositasida tahlil qilinadi. Bunda qoʻyilgan maqsadga olib boradigan yurishlarni aniqlash uchun strategiya tushunchasi kiritiladi. Strategiya — oʻyinda uchrashi mumkin boʻlgan har bir vaziyat aniq bir yurishni koʻrsatuvchi (qoidaalgoritm) dir. Mas, «nim» oʻyinida xontaxta ustidagi gugurt choʻplaridan 2 oʻyinchi navbat b-n oladi. Har bir yurishda kamida 1 ta, kupi bilan 5 ta choʻp olish mumkin. Agar dastlabki choʻplar soni 6 ga boʻlinmasa, 1-oʻyinchi har doim yuta oladi. Buning uchun u har bir yurishda shuncha mikdorda choʻp olishi kerakki, natijada xontaxta ustida 6 ga karrali mikdorda choʻplar qolsin. Rubik kubchasi, Xanoy minorasi kabi oʻyinlar gruppalar nazariyasi, rekursiya kabi vositalar orqali chuqur matematik tahlil talab etishi mumkin.

Strategiya tushunchasi mohiyatan kompyuter uchun oʻyin dasturi tuzish b-n bir tabiatlidir. Xususan, shaxmat oʻynaydigan kompyuterlar muayyan strategiya bilan taʼminlanadi.

Ad.: Gardner M ., Matematicheskiye golovolomki i razvlecheniya per. s angl., M., 1971; Gardner Matematik oʻyinlar va ermaklar, Matematicheskiye dosugi, per. s angl., M., 1972; Oqilov R., Sanamay sakkiz dema (Qiziqarli matematika) T., 1972.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x