MANJURLAR

MANJURLAR, manchjurlar, (oʻzlarini manzu deb atashadi) — xalq, umumiy soni 10 mln. kishi (1990-y. lar oʻrtalari). Asosiy qismi XXRning shim.-sharqiy qismi Dunbey (Manjuriya) da yashaydi. Tili — Oltoy moʻgʻul-tungus tiliga mansub, 16-a. dan moʻgʻul yozuviga ega. Dindorlari — buddizm, daosizm va b. dinlarga eʼtiqod qiladi. Hozirda Manjurlar orasida xitoy tilida soʻzlashish keng tarqalgan, manjur tili ayrim qishloqlarda, ayniqsa, Xeylun-gjyang oʻlkasida saqlanib qolgan. Manjurlar hayotida hunarmandchilik va dehqonchilik (galla, soya, yer yongʻoq, tamaki, sabzavot) bilan shugʻullanish muhim oʻrin tutadi. Manchjur (xitoychamanchjou) etnonimi 1635-y. dan joriy etilgan, ungacha Manjurlar «nyuychjeng» («Sharq odamlari») deb atalgan.

Manjurlarning etnogenezi mil. 4-a. dagi «moxe-vuji» qabilalar ittifoqiga borib taqaladi. Dastlab ushbu ittifoq tarkibiga Manjuriyadagi Sungxuajang va Xeylungjyang daryolari boʻyida ovchilik va dehqonchilik bilan shugʻullanuvchi sumuo, buoduo, anchegu, funis, ben-xay xaoshi, xeyshuy, bayshan kabi 7 kabila kirgan, keyinchalik ularning soni 16 taga koʻpaygan. 7—8-a. larda xeyshuy va moxe kabilalari kuchayib Bo-xay davlatini tuzganlar. 926-y. bu davlat kidonlar tomonidan tugatilgan, 10-a. oxiri —11-a. da Manjurlar vanʼyan qabilasi asosida yana birlashganlar, ularni umumiy holda nyuyjeng deb atashgan. 12-a. boshida Aguda boshchiligida nyuyjen-glarning Jin (Szinoltin) davlati tashkil etilgan (1115—1234). Bu davlat yemirilgach, nyuyjenglar tarqab ketganlar. 1635-y. Nurxachi (Nurxatsi) ularni qayta birlashtirib, Jin davlatini tiklagan. Shundan soʻng nyuyjenglar oʻzlarini man (toʻla, tugal maʼnosini bildiradi), yashagan joylarini esa Manchjou (Manlar vohasi) deb atashgan. 1636-y. bu davlat nomi Chin (rus adabiyotida Sin — tiniq, toza maʼnosida)ga oʻzgartirilgan. Manjurlar 17-a. oʻrtalarida Koreya, Xitoyni bosib olib Sin imperiyasini tuzdi. Soʻngra Mon-goliyani, 18-a. da Tibet, Jungʻoriya, Torim vohasidagi davlatlarni tugatib, ular hududini ham egallab olgach, u yerlarda mustamlakachilik rejimini oʻrnatishgan.

Chin (Sin) imperiyasi agʻdarilgunga qadar (1911) Manjurlarga keng imtiyozlar berilgan edi. Manjurlarning koʻpchiligi ona tilini unutib, xitoy tili va madaniyatini oʻzlashtirgan va xitoy madaniyatiga ham taʼsir koʻrsatgan. Urugʻchilik qoldiqdari bir qadar saqlanib qolgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x