MERINOSLAR

MERINOSLAR (isp. merinos) — jun qoplami bir xil mayin junli qoʻy zotlari. Vatani — Gʻarbiy Osiyo. M. bu yerda mil. av. 2—3 ming yilliklardan boqiladi, keyin Oʻrta dengiz mamlakatlariga, 18-a. oʻrtalaridan esa Gʻarbiy Yevropa, Shim. Amerika va Avstraliyada, 19-a. va 20-a. boshlarida Rossi-yada tarqalgan. Turli mamlakatlarda bir-biridan farq qiladigan infantado, negretti, rambulye, mazayev, yangi Kavkaz … Читать далее

MIZYAKOVA Valentina Stepanovna

MIZYAKOVA Valentina Stepanovna (1935.9.10, Volgograd viloyati) — Oʻzbekiston Respublikasi xalq oʻqituvchisi (1999). Stavropol ped. intining biol. f-tini tugatgan (1965). 1946—78 y. larda Qorachoy-Cherkasiyada boshlangʻich sinf oʻqituvchisi. 1978-y. dan Uch-quduq sh. dagi 2maktabda, 1989-y. dan 9maktabda biol. oʻqituvchisi. Mizyakovaning oʻquvchilarni biol. faniga boʻlgan qiziqishlarini oʻstirish, ularni onatabiatni sevishga oʻrgatish, biol. fanini hayot bilan bogʻlab oʻqitish, taʼlim … Читать далее

MAYIN JUNLI QOʻYLAR

MAYIN JUNLI QOʻYLAR — jun qoplami oʻta zich joylashgan tivit toifasidagi mayin toladan tashkil topgan qoʻylar guruhi. Mayin junli qoʻylar qadimdan urchitiladi. Avstraliya, Yevropa, AQSH, Rossiya, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Ukraina va b. mamlakatlarda boqiladi. Mayin junli qoʻylar teri sathining 1 sm2-maydonchasida 4 — 11 ming jun tolasi joylashgan boʻlib, oʻrtacha diametri 25 mkm dan oshmaydi. Mayin … Читать далее

PYATIGORSK

PYATIGORSK — RF Stavropol ulka-sidagi shahar (1830-y. dan). Kavkaz Mineral Suvlari guruhidagi balneologik va balchiq kurorti. Podkumok daryosi boʻyida, Mashuk togʻi yon bagʻrida. T. y. stansiyasi. Aholisi 133,3 ming kishi (1998). Sanoati, asosan, kurort ehtiyoji uchun xizmat qiladi (oziq-ovqat, yengil sanoat korxonalari), shuningdek, elektromexanika va q. x. mashinalari z-dlari bor. Ped. va farmatsevtika in-tlari, teatr, … Читать далее

XALILIY

XALILIY — ertapishar uzum navi. Bu navning Qora X. va Oq X. xillari bor. Qora yoki qizil X. Oʻzbekiston, Qirgʻiziston Turkmanistonda tarqalgan. Tupi kuchli usadi. Bargi yirik, orqasi tukli. Guli ikki jinsli. Uzum boshi oʻrtacha (280—300 g), shingillari tigʻiz. Gʻujumi yirik, tuxumsimon, toʻq kizil, eti sershira, karsillaydi, pusti yupqa. Tarkibida kand mikdori 17—18%, nordonligi 4—4,5%. … Читать далее

KAVKAZ

KAVKAZ — Qora, Azov va Kaspiy dengizlari orasidagi hudud (nomining kelib chiqishi hozircha aniqlanmagan; ehtimol u Qora dengiz jan. sohilida qad. yashagan «kavkaz» xalqining nomidan boʻlsa kerak, deb taxmin qilinadi; K. atamasi dastlab mil. av. 479-y. da yunon dramaturgi Esxilning «Zanjirband Prometey» tragediyasida qayd etilgan). Shim. da Kuma-Manich botigʻidan jan. da tabiiy geografik va geologik … Читать далее

KABARDINLAR

KABARDINLAR (oʻzlarini adigelar deb ataydilar) — xalq. RF tarkibidagi Kabarda-Balkariya Respublikasida (364 ming kishi), Krasnodar, Stavropol oʻlkalarida hamda Shim. Osetiyada ham yashaydi. RFda umumiy soni 386 ming kishi (1990-y. lar oʻrtalari). Kabardincherkas tilida soʻzlashadilar. Dindorlari, asosan, sunniy musulmonlar, pravoslavlar ham bor. Пост Навигацияси

YESSENTUKI

YESSENTUKI — RF Stavropol oʻlkasidagi shahar (1917-y. dan). T. y. stansiyasi. Aholisi 88 ming kishi (1990-y. lar oʻrtalari). Kavkaz mineral suvlari guru-hidagi balneologik kurort. Podkumok daryosi vodiysida, 600—640 m balandlikda joylashgan. Iqlimi moʻtadil kontinental. Yozi iliq, qishi yumshoq. Iyulning oʻrtacha t-rasi 20°, yanv. niki —4°. Yiliga 520 mm yogʻin yogʻadi. Mineral karbonatli buloklar suvi ichiladi … Читать далее

OʻGʻUZ TILLARI

OʻGʻUZ TILLARI — turkiy tillar oilasining oʻgʻuz guruhiga mansub bir qancha oʻlik hamda hoz. isteʼmolda boʻlgan jonli tillar. Umuman, Oʻgʻuz tillari 3 ta alohidaalohida guruhchalarga boʻlinadi: 1) oʻgʻuzturkman guruhchasiga 10—11-asrlarda mavjud boʻlgan oʻlik oʻgʻuz tili hamda hoz. turkman tili va truxmen tili (Stavropol turkmanlarining tili) kiradi; 2) oʻgʻuzbulgʻor guruhchasi qadimiy bijanaklar va ularning tili hamda … Читать далее

KUBAN

KUBAN — RFning Stavropol va Krasnodar oʻlkalaridagi daryo. Shim. Kavkazda. Elbrus togʻi yon bagʻirlaridan boshlanib Azov dengizining Temryuk qoʻltigʻiga kuyiladi. Oʻz. 870 km, havzasining mayd. 57900 km2. Dengizga kuyilish yeridan 116 km yuqorida daryodan Protoka tarmogʻi ajralib chiqadi. Oʻsha yerdan Kubanning deltasi (mayd. 4300 km2) boshlanadi. Asosiy irmoqlari: Katta va Kichik Zelenchuk, Urup, Laba, Belaya, … Читать далее