PYATIGORSK

PYATIGORSK — RF Stavropol ulka-sidagi shahar (1830-y. dan). Kavkaz Mineral Suvlari guruhidagi balneologik va balchiq kurorti. Podkumok daryosi boʻyida, Mashuk togʻi yon bagʻrida. T. y. stansiyasi. Aholisi 133,3 ming kishi (1998). Sanoati, asosan, kurort ehtiyoji uchun xizmat qiladi (oziq-ovqat, yengil sanoat korxonalari), shuningdek, elektromexanika va q. x. mashinalari z-dlari bor. Ped. va farmatsevtika in-tlari, teatr, oʻlkashunoslik muzeyi, M. Yu. Lermontov davlat muzey-qoʻriqxonasi mavjud.

Yozi iliq (iyulning t-rasi 22°), qishi moʻtadil yumshoq (yanv. ning oʻrtacha t-rasi —4°); yillik yogʻin 475 mm. Harakat va tayanch organlari, mar-kaziy va periferik asab sistemasi, teri, ginekologik kasalliklar, shuningdek, yurak-tomir sistemasi, hazm organlari kasalliklari b-n ogʻrigan bemorlar davolanadi. Davolash vannalari bor. Tarixiy meʼmoriy yodgorliklardan «Eol arfasi» shiyponchasi (1828), «Diana groti» (1830—31) mavjud.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x