KUBAN

KUBAN — RFning Stavropol va Krasnodar oʻlkalaridagi daryo. Shim. Kavkazda. Elbrus togʻi yon bagʻirlaridan boshlanib Azov dengizining Temryuk qoʻltigʻiga kuyiladi. Oʻz. 870 km, havzasining mayd. 57900 km2. Dengizga kuyilish yeridan 116 km yuqorida daryodan Protoka tarmogʻi ajralib chiqadi. Oʻsha yerdan Kubanning deltasi (mayd. 4300 km2) boshlanadi. Asosiy irmoqlari: Katta va Kichik Zelenchuk, Urup, Laba, Belaya, Pshish. Yillik oʻrtacha suv sarfi Krasnodar sh. yaqinida 425 m3/ sek. Daryo oqimini tartibga solib turish uchun Nevinnomisk kanali, Tshchik, Krasnodar, Shapsug suv omborlari qurilgan. Kuban etagida muhim sholikorlik rayoni tashqil etilmokda.

Deltasidan baliqovlanadi. Daryoning quyi qismida (Krasnodar sh. dan kuyilish yerigacha) kema qatvaydi. Daryo boʻyida Karachayevsk, Cherkessk, Nevinnomisk, Armavir, Novokubansk, Kropotkin, Ust-Labinsk, Krasnodar, Temryuk sh. lari bor.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x