OʻGʻUZ TILLARI

OʻGʻUZ TILLARIturkiy tillar oilasining oʻgʻuz guruhiga mansub bir qancha oʻlik hamda hoz. isteʼmolda boʻlgan jonli tillar. Umuman, Oʻgʻuz tillari 3 ta alohidaalohida guruhchalarga boʻlinadi: 1) oʻgʻuzturkman guruhchasiga 10—11-asrlarda mavjud boʻlgan oʻlik oʻgʻuz tili hamda hoz. turkman tili va truxmen tili (Stavropol turkmanlarining tili) kiradi;

2) oʻgʻuzbulgʻor guruhchasi qadimiy bijanaklar va ularning tili hamda hoz. gagauz tili va Bolqondagi bir qancha turkiy urugʻlar (surgʻuch, gajal, qaramanli, qizilbosh va boshqalar) tilini oʻz ichiga oladi;

3) oʻgʻuzsaljuq guruhchasi esa qadimiy saljuq (11 —14-asrlar), eski usmonli (14—19-asrlar) va eski ozarbayjon (14—19-asrlar) singari oʻlik tillarni hamda hoz. ozarbayjon tili va turk tilini, shuningdek, qrimtatar tilining jan. lahjasini qamrab oladi.

Hoz. Oʻgʻuz tillari Orol-Kaspiy boʻylaridan Bolqon yarim oroligacha boʻlgan ulkan hududda tarqalgan. Oʻgʻuz tillari va ayrim tillarning oʻgʻuz lahjalarida soʻzlashuvchilarning soni hoz. kunda 77— 78 mln. kishidan ortiqroq (oʻtgan asrning oxirlari). Oʻgʻuz tillarining barchasi uchun xos boʻlgan til xususiyatlari, asosan, fonetika sohasida boʻlib, bunga soʻz boshidagi t, k, q undoshlarining jaranglilashuvi (koʻz > gyoz, til > dil, kelmak > galmak), soʻz boshidagi baʼzi undoshlarning tushib qolishi (boʻlmoq > oʻlmak, hoʻkiz > oʻkuz), baʼzi affikslar boshidagi g, gʻ undoshlarining tushib qolishi (kelgan > galan, olgan > alan) va boshqalarni koʻrsatish mumkin. Oʻgʻuz tillari boshqa guruhdagi turkiy tillardan, mas, qipchoq tillaridan leksika sohasida ham anchamuncha farqlanadi.

Oʻgʻuz tillarining barchasi 20-asrning 30-y. larigacha arab grafikasi asosidagi yozuvdan foydalangan, 1928—29 yillardan lotin grafikasi asosidagi yozuvga oʻtgan; SSSRda yashovchi ozarbayjon va turkmanlar 1940—92 yillarda rus grafikasidan foydalanib, keyin yana lotin grafikasi asosidagi yozuvni joriy etganlar. Bolqondagi ayrim mayda turkiy tillar yunon alifbosi asosidagi yozuvdan, Eron va Afgʻonistonda yashovchilar esa arab grafikasi asosidagi yozuvdan foydalanadilar.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x