MEDUZALAR

MEDUZALAR — boʻshliqichlilarning, koʻpincha, erkin yashovchi jinsiy avlodi. Gavdasi xira shaffof (mezogliysi kuchli rivojlanganligi tufayli), so-yabon yoki qoʻngʻiroq shaklda, diametri bir necha mm dan 2—3 m gacha. Soyaboni chetlarida paypaslagichlari (uz. 30 sm gacha) va sezgi organlari joylashgan. Ogʻzi soyabonining ostki botiq tomoni oʻrtasida boʻlib, odatda, ogʻiz parraklari bilan oʻralgan. Meduzalar soyaboni ostida suvni siqib … Читать далее

PSIXOFIZIOLOGIYA

PSIXOFIZIOLOGIYA — psixik va fiziologik jarayonlar oʻrtasidagi munosabatlarni oʻrganuvchi fan sohasi. Psixofiziologiyaning asosiy vazifasi psixofizik masalani ilmiy hal qilishdan iborat. «Psixofiziologiya» terminini 1830-y. da fransuz faylasufi N. Massias (1764—1848) qoʻllagan boʻlsada, nemis psixologi V. Vundt P. asoschisi hisoblanadi. Sezgi organlari P. si birmuncha keng tarqalgan va ilmiy jihatdan ishlab chiqilgan. Ayni shu sohada i. t. … Читать далее

MOLLYUSKALAR

MOLLYUSKALAR (Mollusca) — umurtqasiz hayvonlar tipi. Gavdasi, odatda, bosh, tana va oyoq boʻlimlaridan iborat (ikki pallalilardan tashkari). Tanasi mantiya deb ataladigan teri burmasi bilan oʻralgan. Mantiya bilan tanasi oraligʻida mantiya boʻshligʻi boʻladi. Bu boʻshlikda jabralar va boshqa organlar joylashgan. Ayirish, orka chiqaruv va jinsiy teshiklar ham mantiya boʻshligʻiga ochiladi. Mantiya tananing orqa tomonida chigʻanoq hosil … Читать далее

KAMTUKLI HALQALILAR

KAMTUKLI HALQALILAR (Oligo chaeta) — halqali chuvalchanglar sinfi. Uz. bir mm ning bir necha ulushidan 2,5 m gacha. Halqalari soni 5—7 dan 600 gacha. Parapodiy va paypaslagichlari yoʻq. Tuklari koʻp tuklilarga nisbatan kam sonli (nomi shundan olingan), 2 toʻpdan tanasining ikki yonida joylashgan. Sezgi organlari odatda boʻlmaydi, faqat suvda yashovchi ayrim turlarida yorugʻlik sezuvchi koʻzchalar … Читать далее

KOLOVRATKALAR

KOLOVRATKALAR, boshaylangichlilar (Rotatoria) — toʻgarak chuvalchanglar tipiga mansub umurtqasiz hayvonlar sinfi. Boʻyi 0,04—2,5 mm, 2000 tacha turi bor. Tanasi kutikala bilan qoplangan, 3 boʻlim: bosh, tana va oyoqdan iborat (baʼzi Kolovratkalarda hamma boʻlimlar qoʻshilib ketgan). Bosh tomonida doira boʻlib 2 qator joylashgan kipriklari ogʻiz aylangich apparatni hosil qiladi. Kipriklarining maʼlum tomonga qarab bir meʼyorda tebranishi … Читать далее

PARAPSIXOLOGIYA

PARAPSIXOLOGIYA (para… va psixologiya) — psixologik tadqiqot sohasi; fikrni hech qanday vositalarsiz maʼlum masofaga uzatish imkoniyati toʻgʻri-sidagi maʼlumotlarni oʻrganish b-n shugʻullanadi. Parapsixologiya psixik holatlarga taallukli tasavvurlar va farazlarni oʻzida aks ettiradi, lekin ularning talqini chuqur ilmiylikka ega emas. Gʻayritabiiy ravishda u yoki bu holat va hodisalar idrok qilinishi taxmin etiladi, biroq inson tomonidan bunday axborotlarni … Читать далее

ESHITISH ORGANLARI

ESHITISH ORGANLARI, eshitish aʼzolari — odam va hayvonlar sezgi organlari. Asosiy qismi tovushni qabul qilishga ixtisoslashgan retseptorlar hisoblanadi. Umurtqasiz hayvonlar orasida haqiqiy Eshitish organlari faqat hasharotlarda rivojlangan; koʻpincha ilk sezgi, yaʼni timpanal (toʻgʻrikanotlilar, chala qattiqqanotlilar, kapalaklar), baʼzan xordotonal, jonston va boshqalar organlardan iborat. Timpanal organlar oyoqlarda, qorin yoki koʻkrakda boʻlib, ular traxeyalar yoki havo boʻshliqlari … Читать далее

XEMORETSEPSIYA

XEMORETSEPSIYA (xemo… shretseptorlar) — bir yoki koʻp hujayralilar ixtisoslashgan hujayralarining tashqi muhitdagi hayot uchun muhim boʻlgan kimyoviy moddalardan taʼsirlanishi. Xemoretsepsiyaning dastlabki jarayoni taʼsirlovchi kimyoviy modda bilan hujayra membranasidagi xemoretseptor oqsil oʻrtasidagi taʼsirdan iborat. X. — evolyutsiya jihatidan eng qad. retsepsiya tipi, barcha tirik organizmlar uchun xos. Koʻpchilik hayvonlar uchun 2 xil X.: interoxemoretsepsiya (koʻp hujayralilar … Читать далее

UMURTQALILAR

UMURTQALILAR, boshskeletlilar (Vertebrata yoki Craniata) — xordalilar tipiga mansub hayvonlar kenja tipi. Turlari soni umurtqasizlarga nisbatan kam; shunga qaramay ular hoz. zamon biosferasida muhim oʻrin tutadi. Umurtqalilar yuksak tuzilgan; oʻzgaruvchan yashash xususiyatiga ega. Ular okean suvining turli qatlamlarida, baland togʻlarda, choʻllarda va b. joylarda yashaydi. Barcha Umurtqalilar evolyutsiyasida ular tuzilishining bitta umumiy reja asosida rivojlanishi … Читать далее

TELEPATIYA

TELEPATIYA (tele… va yun. pathos — sezish, his qilish) — fikr va histuygʻularni sezgi organlari ishtirokisiz masofaga uzatish hodisasi. Baʼzi manbalarda axborot uzatuvchi bilan uni qabul qiluvchi oʻrtasidagi oʻzaro fikriy muloqotga Telepatiya deyiladi. Telepatiya vaqg va fazo jihatdan insondan uzoklashgan, bevosita idrok qilish imkoni boʻlmagan hodisalarni sezish (his qilish) qobiliyati toʻgʻrisidagi taʼlimotdir. Insondagi Telepatiya qobiliyatining … Читать далее