PARAPSIXOLOGIYA

PARAPSIXOLOGIYA (para… va psixologiya) — psixologik tadqiqot sohasi; fikrni hech qanday vositalarsiz maʼlum masofaga uzatish imkoniyati toʻgʻri-sidagi maʼlumotlarni oʻrganish b-n shugʻullanadi. Parapsixologiya psixik holatlarga taallukli tasavvurlar va farazlarni oʻzida aks ettiradi, lekin ularning talqini chuqur ilmiylikka ega emas. Gʻayritabiiy ravishda u yoki bu holat va hodisalar idrok qilinishi taxmin etiladi, biroq inson tomonidan bunday axborotlarni hissiy aʼzolar orqali qabul qilinishi fanda tasdiqlanmagan. Parapsixologiya oʻrganadigan va unga yondosh sohalar: telepatiya — fikr va his-tuy-gʻularni sezgi organlari ishiga va aqliy muhokamaga asoslanmagan holda tashqi olamdagi obyektiv voqealar xaqida maʼlumot olish; proskopiya (ba-shorat qilish) — kelgusidagi hodisalarni aytib berish, psixokinez — kishining tevarak-atrofdagi buyumlar-ga, ularni joyidan qoʻzgʻatishga fik-ran taʼsir etishi; parameditsina — bemor qoʻlini ushlab turib yoki fikran ishontirib, yo boʻlmasa boshqa gʻayritabiiy usullar bilan davolash; xiromantiya — qoʻl kaftiga qarab fol ochish, inson kelajagi va uning taq-diri haqida bashorat qilish; spiritizm — oʻlgan odamlarning ruxlari bilan aloqa oʻrnatish, ular bilan muloqot qilib turishga daʼvat qiluvchi gʻoya.

Parapsixologiya gʻaroyib, noyob hodisalarni 19a. oxiridan boshlab tadqiq qila boshladi. Ammo telepatiya, tush koʻrish, gʻoyibdan yaqqol koʻrinish va ixtiyorsiz hara-katlarning ilmiy asosi ochilmagan boʻlsada, ular gipnoz, oʻta sezgirlik, insondagi noyob xotira, hisoblash qobiliyatining qonuniyatlarini tushunishga yordam berdi. Lekin hozirgacha bu xil muammolar keskin bahslarga sabab boʻlmoqda. Koʻpchilik psixologlar bu sohada tajribalarni davom ettirish maqsadga muvofiqligini inkor qilishmasa ham parapsixologlarning ilmiy asoslanmagan daʼvolari va shovshuvli fiqolariga qarshi chiqmoqdalar. Parapsixologiyaning sinonimi — psixotronika.

Ergash Gʻoziyev.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x