TELEPATIYA

TELEPATIYA (tele… va yun. pathos — sezish, his qilish) — fikr va histuygʻularni sezgi organlari ishtirokisiz masofaga uzatish hodisasi. Baʼzi manbalarda axborot uzatuvchi bilan uni qabul qiluvchi oʻrtasidagi oʻzaro fikriy muloqotga Telepatiya deyiladi. Telepatiya vaqg va fazo jihatdan insondan uzoklashgan, bevosita idrok qilish imkoni boʻlmagan hodisalarni sezish (his qilish) qobiliyati toʻgʻrisidagi taʼlimotdir. Insondagi Telepatiya qobiliyatining ilmiy yechimi hali topilmagan. U hakda turli qarashlar, talqinlar mavjud. Fikrni sezgi organlari yordamisiz, maʼlum fizikaviy muhitsiz ham masofaga uzatish mumkin degan yondashuv bor. Baʼzi psixologlar odamlarda bunday xususiyat boʻlishini tasdiklasalar, boshqalari unga shubha bilan qaraydilar, hatto inkor kiladilar. Ondasonda uchrab turadigan Telepatiya hodisasi umumpsixologik qonuniyatga ega emas. Shu bois, hoz. zamon ilmiy psixologiyasida telepatik qobiliyatning insonlarda mavjudligi borasida eksperimental maʼlumotlar toʻplanmagan. Kelajakda Telepatiya boʻyicha chuqur i. t. lar oʻtkazilmasa, u parapsixologiya voqeligi sifatida qolib ketaveradi.

Ergash Gʻoziyev.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x