ESHITISH ORGANLARI

ESHITISH ORGANLARI, eshitish aʼzolari — odam va hayvonlar sezgi organlari. Asosiy qismi tovushni qabul qilishga ixtisoslashgan retseptorlar hisoblanadi. Umurtqasiz hayvonlar orasida haqiqiy Eshitish organlari faqat hasharotlarda rivojlangan; koʻpincha ilk sezgi, yaʼni timpanal (toʻgʻrikanotlilar, chala qattiqqanotlilar, kapalaklar), baʼzan xordotonal, jonston va boshqalar organlardan iborat. Timpanal organlar oyoqlarda, qorin yoki koʻkrakda boʻlib, ular traxeyalar yoki havo boʻshliqlari bilan bogʻlangan kutikulyar (q. Kutikula), yaʼni nogora pardadan unga birikkan yoki traxeyalar bilan bogʻlangan xordotonal sensillalardan iborat. Jonston organ esa chivinlar moʻylovining 2boʻgʻimida joylashgan. Yuksak rivojlangan sudralib yuruvchilar (mas, timsohlar)da ilk bor nogʻora parda bilan qoplangan maxsus teri burmalari shaklidagi tashqi quloq paydo boʻladi. U nogʻora pardani himoya qilib turadi. Tashqi quloq ayrim qushlarda ham boʻladi. Quruqlikda yashaydigan hayvonlarning suvda yashashga oʻtishi bilan tashqi quloq (kitsimonlar, kurakoyoqlilf); ayrim hollarda esa oʻrta quloq ham reduksiyaga uchraydi (delfinlar). Yana q. Quloq, Eshitish.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x