IKKI PALLALILAR

IKKI PALLALILAR, plastinkajabralilar (Bivalvia, Lamel-libranchiat) — mollyuskalar tipining sinfi. Tanasining uz. bir necha mm dan 1,5 m gacha, vazni 30 kg, baʼzan 200 kg gacha (tridakna), bilaterial simmet-riyali, yon tomondan yassilangan gavda va oyoqdan iborat. Boshi boʻlmaydi. Koʻpchiligining oyogʻi bitta, ponasimon; tuban tuzilgan turlarida yassi; harakatsiz yopishib yashaydigan turlarining oyogʻi reduksiyaga uchragan (mi-diyalar, dreyssenalar) yoki … Читать далее

YIRTQICHLIK

YIRTQICHLIK — hayvonlar (baʼzan oʻsimliklar)ning oziqni topish va oziqlanish usullaridan biri, bir hayvonning boshqasini ushlab oʻldirishi va yeb qoʻyishi. Yirtqichlik deyarli barcha hayvonlar tipida, shuningdek, zamburugʻlar (gifomitsetlar) va hasharotxoʻr oʻsimliklar orasida uchraydi. Evolyutsiya jarayonida Yirtqichlik, odatda, morfofiziologik progressga olib keladi. Chunki yirtqichlarning oʻljani topib olishi uchun nerv sistemasi va sezgi organlari; uni tutib oladigan, oʻldirib … Читать далее

QURILISH FIZIKASI

QURILISH FIZIKASI — bino va inshootlarni qurish hamda ulardan foydalanish bilan bogʻliq fizik jarayonlar va hodisalarni oʻrganish hamda ularga doir muhandislik hisoblash usullarini ishlab chiqish bilan shugʻullanuvchi ilmiy fanlar (amaliy fizika boʻlimlari) majmui. Asosiy sohalari — qurilish akustikasi. kurilish yorugʻlik texnikasi, qurilish issiqlik texnikasi. Bular tovush yoki yorugʻlikning tarqalishi, issiqlikning koʻchishi qonuniyatlarini oʻrganish masalalari bilan … Читать далее

QOBIQLILAR

QOBIQLILAR, uroxordalilar, tunikatlar, lichinkaxordalilar — xordalilar kenja tipi. Qobiqlilarning ajdodlari suvda suzib yuradigan birlamchi xordalilar boʻlganligi, ulardan ayrimlari oʻtroq yashashga oʻtganligi taxmin qilinadi. Uz. 0,3 sm dan (appendikulyariyalar) 30 m gacha. Tanasi epiteliy hujayralar ishlab chiqaradigan tiniq epiteliy qobiq — tunika qobiq (nomi shundan) yoki quyuq mantiya bilan qoplangan. Xordasi faqat lichinkalik davrida boʻladi (appendikulyarilardan … Читать далее

KINORINXLAR

KINORINXLAR (Kinorhyncha) – birlamchi tana boʻshliqli chuvalchanglar sinfi. Oʻz. 0,1 — 1mm. Tanasi yassi, kalin kutikula bilan qoplangan. 13 ta segment (bosh, boʻyin va 11 ta boʻgʻim)ga boʻlingan. Tanasida pixlar va ilmoqlar boʻladi. Tanasining old qismi buralib chiqadigan xartumni hosil qiladi. Koʻndalang-targʻil muskullari dasta boʻlib joylashgan, ichagi naysimon. Nerv sistemasi halqum atrofi nerv halqasi va … Читать далее

ITBALIQ

ITBALIQ — dumsiz amfibiyalar lichinkasi. Uvildirikdan rivojlanadi. Suvda yashaydi. Tashqi jabrasi, harakatlanishga yordam beruvchi uzun dumi, suv osti jismlariga yopishuvchi organi va yon organlari bor. Oyoklari boʻlmaydi. Oʻsimliklar bilan oziklanadi. Metamorfoz yoʻli bilan rivojlanadi, Yuragi dastlab 2 kamerali, rivojlanishi davomida (3—4 oydan keyin) uch kamerali boʻlib qoladi; dumi yoʻqoladi; orqa oyoklari rivojlanadi; jabra va jabra … Читать далее

QORINKIPRIKLI CHUVALCHANGLAR

QORINKIPRIKLI CHUVALCHANGLAR — birlamchi tana boʻshliqli chuvalchanglar sinfi. Tanasi yassi, uz. 0,05—1.5 mm. Tanasi boʻylab va uning keyingi uchida yopishqoq bezli naychalar joylashgan. Kipriklari faqat qorin tomonida boʻladi (nomi shundan). Sezgi organlari — tuygʻu qillar, hidlov chuqurchasi va pigment koʻzlar (fotoretseptorlar). Hazm qilish sistemasi — muskulli halqumdan boshlanadigan ichak. Ayirish sistemasi — bir juft shoxlangan … Читать далее

BIOLOGIYA

BIOLOGIYA (bio… va ..logiya) — tirik tabiat haqidagi fanlar majmuasi. Biologiya hayotning barcha kurinishlari: tirik organizmlar va tabiiy jamoalarning tuzilishi va funksiyasini, tirik mavjudotlarning kelib chiqishi va tarqalishi, ularning bir-biri va yotirik tabiat bilan oʻzaro bogʻlanishini oʻrganadi. Biologiyaning asosiy vazifasi tiriklikning namoyon boʻlishi qonuniyatlarini oʻrganish, hayotning mohiyatini ochib berish, tirik organizmlarni sistemaga solishdan iborat. «Biologiya» … Читать далее

DEMOKRIT

DEMOKRIT (Demokritos) [taxm. mil. av. 460 — Abderi (Frakiya) — 370] — yunon faylasufi. Atomistik nazariya (q. Atomizm) asoschilaridan biri. Falsafa, mantiq, fizika, mat., texnika, axloq, musiqa kabi sohalarda asarlar yaratgan. Bizgacha bularning ayrim parchalari yetib kelgan. Demokrit taʼlimotiga koʻra, tabiat obyektiv ravishda mavjud. Tabiatdagi barcha narsa va hodisalar boʻlinmas zarralar — atomlardan tashkil topgan. … Читать далее

ZOOPSIXOLOGIYA

ZOOPSIXOLOGIYA, hayvonlar psixologiyasi — psixologiyanint hayvonlar psixikasi, uning namoyon boʻlishi hamda ontogenez va filogenezdagi taraqqiyotini oʻrganadigan boʻlimi. 3. dalillaridan bir qancha fanlar, jumladan, bionika va biokiberneti-kada foydalaniladi. 3. solishtirma psixologiya va etologiyat yaqin turadi. 3. ekologiya, neyrofiziologiya, sezgi organlari fiziologiyasi va b. sohalar bilan uzviy bogʻlangan. 3. 18-a oxiri — 19-a. boshlarida mustaqil fan sifa-tida … Читать далее