KAMTUKLI HALQALILAR

KAMTUKLI HALQALILAR (Oligo chaeta) — halqali chuvalchanglar sinfi. Uz. bir mm ning bir necha ulushidan 2,5 m gacha. Halqalari soni 5—7 dan 600 gacha. Parapodiy va paypaslagichlari yoʻq. Tuklari koʻp tuklilarga nisbatan kam sonli (nomi shundan olingan), 2 toʻpdan tanasining ikki yonida joylashgan. Sezgi organlari odatda boʻlmaydi, faqat suvda yashovchi ayrim turlarida yorugʻlik sezuvchi koʻzchalar bor. 25—27 oilasi (yomgʻir chuvalchanglar, namdidalar, nayyasarlar, qisqichbaqa zuluklar va b.), 5 mingga yaqin turi bor.

Koʻpchiligi tuproq va chuchuk suvda, 200 ga yaqin turi dengizlarda hayot kechiradi. Asosan, detrifaglar, bir necha turlari yirtqich, parazit (qisqichbaqa zuluklar) yoki kommensal. Germafrodit, jinsiy bezlari tanasi oldingi qismidagi bir necha boʻgʻimlarida joylashgan. Tuxumlari pilla ichida urugʻlanadi. Pilla belbogʻi ishlab chiqaradigan suyuqligidan hosil boʻladi. Baʼzan tuxumlari urugʻlanmasdan partenogenez usulda koʻpayadi. Oʻzgarishsiz rivojlanadi. Ayrim turlari koʻndalangiga boʻlinish orqali jinssiz koʻpayadi. Tuproqda yashovchi Kamtukli halqalilar gumus hosil boʻlishiga taʼsir koʻrsatadi; tuproq strukturasini yaxshilab, uningunumorligini oshiradi. Suv K. h. baʼzan bentosning asosiy qismini tashkil etadi; ifloslangan suv havzalarining tozalanishiga yordam beradi; baliqlar uchun oziq boʻladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x