ICHAKDAN NAFAS OLUVCHILAR

ICHAKDAN NAFAS OLUVCHILAR (Enteropneusta) — chalaxordalilar sinfi, tuban ikkilamchi ogʻizlilar-dan. Bir qancha belgilari ularni ignaterililar va pagonoforalarga yaqinlashtiradi. Uz. bir necha sm dan 2,5 m gacha. Tanasi chuvalchangsimon, xar-tum, yoqacha va boʻlimlardan iborat. Xartumida toq, boshqa tana boʻlimlarida bir juftdan selomik boʻshliqlari bor. Qiziloʻngach devorida 2 qator jabra yoriqlari boʻladi (nomi ana shundan olingan). Ogʻzi … Читать далее

ISSIQLIK

ISSIQLIK — materiya harakati shakli; jismlar oʻrtasidagi issiqlik almashinish jarayonining energetik ifodasi. Materiyani tashkil qiluvchi mikrozarralar (molekula, atom, elektron va b.) ning betartib harakatlari miqdori Issiqlikni ifodalaydi. Issiqlik va is-siqlik mikdori atamalari bir xil maʼnoni bildiradi. Issiqlik haqidagi maʼlumotlar juda qadimdan maʼlum. Qadim zamonlarda Issiqlikni jismlarning har xil holatiga bogʻliq boʻlgan qandaydir asos, negiz deb … Читать далее

BOSHSKELETSIZLAR

BOSHSKELETSIZLAR, boshqutisizlar (Acrania) — xordalilar kenja tipi, ayrim maʼlumotlarga koʻra, bosh xordalilar sinfi. Boshi ixtisoslashmagan, bosh qutisi boʻlmaydi (nomi ham shundan olingan). Tanasi va ayrim ichki organlari, jumladan ayirish sistemasi va jinsiy bezlari hamda muskullari segmentlashgan (boʻgʻimlarga boʻlingan). Sezgi organlari sodda tuzilgan, faqat terisida va nerv nayi boʻylab sezgir hujayralar joylashgan, yuragi boʻlmaydi, qisqarib turuvchi … Читать далее

BIONAVIGATSIYA

BIONAVIGATSIYA (bio… va lot navigatio — suzish) , moʻljalga olish — hayvonlarning doimiy qishlov va koʻpayish joyiga mavsumiy koʻchib yurishi (migratsiya) davrida yoki yashaydigan joyni topishida oʻz harakat yoʻnalishini tanlay olish (xoming) krbiliyati. Bionavigatsiya sezgi organlari hamda irsiy mustahkamlangan reaksiyalar — instinkt orqali amalga oshadi. Instinkt birinchi marta migratsiya qilayotgan hayvonlarda ayniqsa katta ahamiyatga ega. … Читать далее

GEOGRAFIK XARITALAR

GEOGRAFIK XARITALAR — yer yuzasining tabiat va jamiyatdagi voqea va hodisalarning maʼlum bir vaqtdagi holati umumlashtirib, kichraytirib koʻrsatilgan tekislikdagi tasviri. Geografik xaritalar uchun xaritagrafik proyeksiyalar, shartli belgilar va xaritagrafik generalizatsiya (saralash) xos. Geografik xaritalar oʻzining mazmuni, tasviri, koʻrgazmaliligi va zamonaviyligi boʻyicha xaritagrafik model hisoblanadi. Geografik xaritalarning birinchi xususiyati — xaritagrafik proyeksiyalar yordamida yerdagi va b. … Читать далее

GELMINTLAR

GELMINTLAR (Helminthos. yun. helmins, helminthos — chuvalchang, gijja) — har xil sistematik guruhlarga mansub parazit chuvalchanglar guruhi. Gelmintlarga 5 tipga mansub jonivorlar, jumladan yassi chuvalchanglardan monogeneyalar, soʻrgʻichlilar, tasmasimon chuvalchanglar va sestodsimonlar; toʻgarak chuvalchanglardan nematodalar va qilchuvalchanglar; halqali chuvalchanglardan zuluklar; tikanboshlilar, nemertinlar hamda sistematik oʻrni toʻliq aniqlanmagan ortonektidlar va ditsiyemidlar kiradi. Gelmintlar ekologik guruh boʻlib, juda … Читать далее

YON CHIZIQ

YON CHIZIQ (linea lateralis) , yon organlar — suvda yashovchi tuban umurtqasiz hayvonlar (toʻgarak ogʻizlilar, suvda va quruqlikda yashovchilarning itbaliqdavri)dagi sezgi organlari sistemasi. Tananing har ikki yoni va bosh qismida joylashgan. Yon chiziq maxsus ion tarkibga ega boʻlgan suyuklik bilan toʻlgan naychalar — ampulalardan hamda ular sirtida joylashgan epidermal organlardan iborat. Yon chiziq organlarining asosiy … Читать далее

YOMGʻIR CHUVALCHANGLARI

YOMGʻIR CHUVALCHANGLARI, yer chuvalchanglari — kam tukli halqalilar sinfiga mansub chuvalchanglar bir necha oilasining umumiy nomi. Tanasining uzunligi bir necha sm dan tropik turlari 2,5 m gacha. Oʻzbekistonda uchraydigan turlari 15—20 sm dan oshmaydi. Tanasidagi halqalar soni 80 dan 450 gacha. Har bir halqasida 4 juftdan yoki undan koʻproq tuk bor. Tuklar Yomgʻir chuvalchanglari oʻrmalaganida … Читать далее

BOʻSHLIQICHLILAR

BOʻSHLIQICHLILAR, kovakichlilar (Coelenterata) — tuban tuzilgan suvda yashovchi umurtqasiz hayvonlar tipi. Boʻshliqichlilar eng kad. koʻp hujayralilar, vend davridan maʼlum. Koʻpchilik turlari dengizlarda yakka yoki koloniya boʻlib yashaydi. Dengiz B. ning hayot siklida oʻtroq yashovchi polip va erkin suzib yuruvchi meduza davrlari gallanib turadi (metagenez). Ayrim Boʻshliqichlilar (gidralar, korall poliplar) ning meduza davri boʻlmaydi, baʼzi ssifomeduzalar … Читать далее